|
Laboratoriya mashg‘uloti-4 Mavzu. Masofaviy ta`lim tizimlaridan foydalanish Ishdаn mаqsаd
|
Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 48,76 Kb. | | #136007 |
Bog'liq Labaratoriya 04-mashg\'ulot
Laboratoriya mashg‘uloti-4
Mavzu. Masofaviy ta`lim tizimlaridan foydalanish
Ishdаn mаqsаd: MOODLE tizimi. MOODLE (http://www.moodle.org) - web-saytda o‘qitish va online rejimidagi darslarni tashkil qiluvchi ilova.
Tеxnik vа dаsturiу vоsitаlаr: Kоmруutеr vidеoрrоеktоr Windоws ореrаtsiоn sistеmаsi tа’minоti.
Nаzаriу qism:
MOODLE tizimi. MOODLE (http://www.moodle.org) - web-saytda o‘qitish va online rejimidagi darslarni tashkil qiluvchi ilova. Bu proekt ta’limga sottsio-konstruktiv qarashni tarqatish uchun ishlab chiqarilgan.
Qisqacha qilib quyidagilarni aytish mumkin:
Yangi bilimlar oldingi olingan bilim va individual tajribalar asosida olinadi.
O‘quv jarayonida o‘quvchi olgan bilimini boshqalarga tushuntirib berishida ko‘proq samaraga ega. Bu qarashni qo‘llaganda siz o‘quvchining tajribasiga suyanasiz, bu kerakli o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi eng samarali usul. Bu usul o‘quv jarayonidagi o‘quvchini ham o‘quvchi ham o‘qituvchi sifatida qatnashishini ta’minlaydi.
O‘qituvchining funktsiyasi o‘zgarishi mumkin: bilim manbai o‘rniga, “ta’sir markaziga” va sinf madaniyatining modeliga aylanadi. O‘qituvchi har bir o‘quvchining bilim talabiga qarab individual munosabatda bo‘lishi kerak.
MOODLE tizimining umumiy interfeysi
LMS MOODLE tizimlari masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda quyidagi funktsiyalarni o‘z ichiga oladi:
o‘quvchilarni (o‘qituvchilarni, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro‘yxatga olishi;
foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish;
o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki guruh bo‘lib, hamkorlikda ishlashini (Web elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish;
guruhlar yaratish va ularni boshqarish;
oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni to‘ishga oid, ketma-ketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh qoldirilgan joyni to‘ldirish va boshqa turlari kiradi);
har xil turdagi ijtimoiy so‘rovlar tashkillashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish;
sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati;
elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish;
elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari;
tizim foydalanuvchilarining (o‘quvchilar, o‘qituvchilar-tyutorlar, kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o‘quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati;
o‘qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o‘quv resurslarni yaratishi;
Authoring tools larda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklashi;
o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar/o‘qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferentsiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish;
o‘quv jarayonida bo‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi;
iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o‘tish mumkin.
MOODLE tizimidagi o‘qitish modullari
MOODLE masofaviy o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi- o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazorati alohida tahkidlab o‘tish maqsadga muvofiq.
MOODLE da 15 turdagi interaktiv o‘quv modullari mavjud bo‘lib, ularning soni oshib bormoqda. Kurs yaratuvchisi tizimning bunday imkoniyatidan foydalangan holda o‘qitiladigan fanni talabalarga (bilim oluvchilarga) interaktiv ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
Tizimda mavjud o‘qitish modullari:
Forums,
Materials,
Messenger,
Chat,
Exercises,
Group work,
Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud.
Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, MOODLE dasturiy majmuasi hisoblanadi.
SCORM yoki AICC standart paketlari
Bu o‘quv materiallari orqali bilim oluvchining o‘rganilayotgan o‘quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini tizimga hisobot ko‘rinishda yuborib turadi.
Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo‘lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o‘rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o‘quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud.
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko‘pchiligi yaratiladigan o‘quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko‘rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi.
MOODLE tizimi masofaviy o‘quv kursiga qo‘yiladigan resurs va elementlar
Wiki (Viki) - bir nechta foydalanuvchi tomonidan elektron materiallarni qo‘shishi, kengaytirishi va o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi, Web 2. Kontseptsiyasi asosida yaratilayotgan hujjat ustida bir vaqtda hamkorlikda ishlash imkoniyatini beradi.
So‘rovlar - tizimdagi foydalanuvchilar orasida o‘quv maqsadidan kelib chiqqan holda har xil ko‘rinishdagi so‘rovlarni tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlar bazasi - o‘rganilayotgan fan bo‘yicha ma’lumotlar bazasini xamkorlikda yoki yakka tartibda shakllantirish imkoniyatini beruvchi modul.
Glossariy - kursning barcha hujjatlari bo‘yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan tahriflar ro‘yxati. Agar tahrif glossariyga kiritilgan bo‘lsa, u holda agar u kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatikta’minlanadi. Yaratilgan glossariy orqali elektron nazorat turlarini tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
Topshiriq - o‘qituvchi javobni elektron ko‘rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).
Ma’ruza - har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo‘lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to‘plami. Javobning to‘g‘riligiga bog‘liq holda, talaba keyingi sahifaga o‘tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi.
Bu Ta’lim yo‘nalishini aniqlashni va o‘qitiladigan fan tushunarsiz bo‘lib qolmasligini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda ta’limni individulalashtirish imkoniyatini beradi. Bu turdagi o‘quv element orqali bilim oluvchining shaxsiy tayyorgarligidan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan o‘quv kursi tizim orqali tanlab beriladi.
Sharh - kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari - berilgan mavzu bo‘yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs - avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, Ma’ruza audioyozuvini yuklashda u mediapleyr sifatida tasvirlanadi.
Seminar - qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar - turli variantli testlar to‘plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan, to‘g‘ri/noto‘g‘ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Forum - forumning 3 ko‘rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o‘z mavzusi, standart muzokara).
Chat - real vaqtdagi muzokara olib borish imkoniyatini beradi.
MOODLE ning asosiy yutuqlari:
Keng tarqalgan: 160 mamlakatda 72 xil tilda(o‘zbek tilini ham qo‘shgan holda) 37.000 versiyasi joriy qilingan
Yuqori hajimda (masshtabda): Oksford universiteti (OUUK), Kaliforniya universiteti (HSU California ) va Yangi Zelandiya ochiq politexnik (Open polytechnic NZ) markazlari tomonidan 100,000 dan ortiq foydalanuvchilar qayd etilgan Bepul imkoniyat: GpL Code(kod) Ta’lim maskanlariga litsenziya uchun hech qanday haq to‘lamasdan, uzoq muddatli egalik qilish, hatto kelgusida yangilab turish imkonini beruvchi qurilmani o‘rnatishga ruxsat beradi.
Internetga asoslangan o‘quv muhiti: tartiblashtirilgan o‘quv mashqlari va o‘quv mazmuni bilan ta’minlash.
O‘qishni Boshqaruv Tizimi (OpBT): Kursning dizayni va o‘tkazilishini qo‘llab quvvatlash( tyutorlik, monitoring va sertifikatsiya).
Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, MOODLE dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning aksariyat ta'lim muassasalari o‘z masofaviy ta’lim tizimilarini tashkil etishda MOODLE dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar.
Ochiq kodli MOODLE dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib, Internet (interanet) tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki postgreSQL), pHp protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opertsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OSX, Novwll Netware).
Moodle— Web muhitida o‘qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud.
Boshqa LMSlar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘p davlatlarining o‘quv muassasalarida Avtomatlashtirilgan masofaviy ta`lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘plab ta`lim muassaslarida virtual ta`lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Buxoro davlat universitetining virtual ta`lim muhiti — moodle.buxdu.uz, O‘zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o‘quv-axborot markazida», Xalq ta`limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi» — http://moodle.uzedu.uz, Toshkent Turin Politexnika universitetida — moodle.polito.uz va boshqa muassasalarda keng foydalanib kelinmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini boshqaruvchi Web`ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib, internet tarmog`ida foydalanishga mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta`minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware).
O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi Moodle 2.5. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
OLAT (Online Learning And Training) tizimni ishlab chiqarish 1999-yil Syurix universitetida yaratila boshlangan, 2004-yildan boshlab dastur kodi ochiq kodlikka o‘tdi.
Hozirga kelib, tizimdan 50 000ga yaqin foydaluvchi va 50ga yaqin tashkilot foydalanib kelmoqda. Boshqa LMS`lar singari IMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
OLAT dasturiy majmuasida mavjud o‘quv modullari quyida keltirilgan: Content managing, Forums, File discussions, Quizzes with different kinds of questions, Wikis, Blogs, Podcast, Surveys, Chat va boshqa modullari mavjud. Apache License 2.0 asosida foydalanish mumkin. OLAT`ni ishlatish uchun talab etiladigan dasturiy majmualar: Java SDK, Tomcat Servlet Engine, ma`lumotlar omboridan MySQL yoki PostgreSQL. OLAT dasturiy majmuasining ishlash imkoniyati bilan tizimga har xil foydalanuvchi (administrator, o‘qituvchi, o‘quvchi) rolida kirib, http://demo.olat.org/ havolaga murojaat etgan holda tanishib chiqish mumkin.
O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi OLAT 7.7 Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.olat.org
eFront — dasturiy majmua Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware va boshqa PHP ni qo‘llab-quvvatlovchi operatsion tizimlarda ishlaydi. Ma`lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL`dan foydalanish mumkin.
Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim 30dan ortiq tilga tarjima qilingan shu qatorida o‘zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. Agar saytga kirilsa, eFrontning bir nechta versiyasidan foydalanish taklif etiladi, bular Editions, Enterprise, Educational va Open-sourcelar.
(Bular bir-biridan nimasi bilan farq qilishini to‘liq bilish uchun quyidagi havolaga murojaat etish mumkin http://www.efrontlearning.net/functionality-matrix) Bulardan faqat oxirgisidan (Open-source) foydalanish bepul hisoblanib qolganlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz ma`lum qo‘shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin bo‘ladi.
Lekin eFront dasturiy majmuasining Open-source versiyasi Avtomatlashtirilgan masofaviy ta`lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun yetarli hisoblanadi. O‘quv moduli yozilayotgan vaqtdagi barqaror versiyasi eFront (Open-source) v3.6.13.2.
eFront dasturiy majmuasi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasi qoshidagi «Multimediali o‘qitish markazi» tomonidan http://my.estudy.uz masofaviy o‘quv kurslari fizika fani bo‘yicha yaratilgan va hozirgi vaqtgacha ishlab kelmoqda. Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.efrontlearning.net
eFront dastriy majmuasining umumiy interfeysining ko‘rinishi (o‘quvchi rolida)
Chamilo — ochiq kodli Avtomatlashtirilgan masofaviy ta`lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga yo‘naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi.
Chamilo si 2010-yil 18-yanvardan boshlab rivojlanib kelmoqda. O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda Chamilo dasturiy majmuasining barqaror versiyasi 1.9.6. Boshqa LMS`lar singari IMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tizim kross-platformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi.
Tizimning rasmiy saytida keltirilgan ma`lumotga ko‘ra hozirda 250 000dan ortiq talaba bu tizim orqali ta`lim olib kelishmoqda.
https://campus.chamilo.org/index.php?language=russian havolasi orqali tizimning imkoniyatlarini real ravishda administrator, o‘qituvchi (tyutor) va o‘quvchi rollarida bo‘lib, tanishib chiqish mumkin. Masofaviy co‘quv jarayonini bu tizim orqali hech qanday qiyinchiliksizc tashkillashtirishc mumkin.
Tizimdan cdavlat tashkilotlaricc o‘zlarining ishchi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishda ham foydalanishlari mumkin.
Tizimning rasmiy internet manzili: https://chamilo.org
ILIAS. Bu tizim ham erkin va ochiq kodli Avtomatlashtirilgan masofaviy ta`lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi.
Dasturiy majmua 1998-yildan va hozirgi vaqtgacha rivojlanib kelmoqda. Boshqa tizimlarda mavjud bo‘lgan o‘qitish modullari bu tizimda ham bor: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Student tracking, Kalendar, Glossari, Viki va boshqa modullari mavjud.
O‘quv modulini yozish vaqtida ILIAS dasturiy majmuaning barqaror versiyasi 4.3.4. Tizim Apache, PHP, MySQL, XML`larga asoslangan. SCORM standartiga to‘liq javob beradi. Tizimning boshqa tizimlarga nisbatan avfzal tomonlaridan biri elektron nazorat turlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilganidadir. Quyida ko‘rsatilgan elektron nazorat turlari: single choice, multiple choice, matching, fill-in-the-blanks, hot spots, flash, java applet va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning olgan natijalarini tahlil qilish va sertifikatlash imkoniyati ham mavjud. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.ilias.de
Open Elms— erkin va ochiq kodli navbatdagi Avtomatlashtirilgan masofaviy ta`lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beradigan tizim bo‘lib, GNU GPL litsenziyasi asosida foydalanuvchilarga foydalanishlari uchun tarqatiladi. Tizimning o‘zi erkin va ochiq kodli bo‘lganligi bois ham, dasturiy majmuani yaratishda ochiq kodli dasturiy ta`minotlardan foydalanilgan.
Uni ishlatish uchun ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi ( MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware). Tizimning rasmiy internet manzili:http://www.openelms.org
Sakai-dunyoning ko‘pgina ta`lim muassasalarida keng foydalanib kelinayotgan navbatdagi ochiq kodli GNU GPL litsenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy majmua hisoblanadi.
Boshqa LMS tizimlaridan farqi shundaki, tizim to‘liq Java tilida yozilgan. Shu sababli tizim kross-platformali hisoblanadi. Sakai dastur majmuasining o‘zi ma`lumotlar ombori mavjud bo‘lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo‘lsa, tizimning ichki ma`lumotlar omboridan foydalanish mumkin.
Agar foydalanuvchilar soni ko‘p bo‘lsa, u holda MySQL yoki Oracle ma`lumotlar omborida ishlashi mumkin. O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiya Sakai 2.9.2.
Sakai dastur majmuasida ta`lim jarayonini boshqarish imkoniyatini beruvchi quyidagi umumiy modullari mavjud:
• Announcements (E`lonlar) — tizim foydalanuvchilariga tegishli e`lonlarni yetkazish uchun xizmat qiladi;
• Drop Box (Fayllar almashinuvi) — talabalar/o‘qituvchilar va o‘qituvchilar/talabalar o‘rtasida (shaxsiy) hujjatlar almashinuvchini ta`minlashga xizmat qiladi;
• Email Archive (Elektron pochta arxivi) — bu modul orqali tizimdagi foydalanuvchilarning pochta xabarlari tizimning arxiv pochtasida saqlanadi;
• Resources (Resurslar) — tizim ichidagi foydalanuvchilar o‘zlarining o‘quv resurslarini saqlashlari va ularni jamoaga e`lon qilish imkoniyati;
• Chat Room — on-line ravishda tizim ichidagi foydalanuvchilar o‘rtasida aloqani o‘rnatish muhiti;
• Forums (Forum) — biror-bir mavzu bo‘yicha diskussiya mavzularni ochish mumkin. On-line muloqotdagi chatdan farqli ravishda bu modul orqali off-line ravishda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish mumkin;
• Message Center (Xabarlar markazi) — tizim foydalanuvchilari o‘rtasida ichki xabarlar almashish moduli;
• News /RSS- RSS dinamik yangiliklarini o‘zingizning kompyuteringizga eksport qilish imkoniyati;
• Poll tool (So‘rovlar o‘tkazish) — tizim ichida har xil so‘rovlar o‘tkazish imkoniyati;
• Presentation (Prezentatsiya) — bir vaqtning ichida bir nechta foydalanuvchilar uchun fayllarni taqdimot qilish imkoniyatini beruvchi modul;
• Profile /Roster — tizimda mavjud foydalanuvchilarning shaxsiy profillari bilan ishlash moduli;
• Repository Search — tizim ichidagi ma`lumotlarni qidirish moduli.
Hozirda BUXDU (Buxoro davlat universiteti)tomonidan ko‘plab fanlardan o‘quv kurslar yaratilgan bo‘lib, bu platformada masofali o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
|
| |