Laboratoriya mashg‘uloti 4G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq qilish Ishdan maqsad: 4G avlod mobil aloqasini o’rganish




Download 133,14 Kb.
bet15/21
Sana21.05.2024
Hajmi133,14 Kb.
#248640
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Laboratoriya mashg‘uloti 4G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq-fayllar.org

Abonent autentifikatsiyasining vazifasi – aloqa tarmog‘i xizmatlaridan
foydalanayotgan abonentning xaqiqiyligini aniqlashdan iborat. Buning uchun
kriptografik protokollar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yordamida qonuniy abonentlar
o‘z maqsadiga erishadilar, noqonuniy abonentlar xarakatlari esa inkor etiladi.
Autentifikatsiyaning keng tarqalgan turlaridan biri bu maxfiy simvollar (xarf
va/yoki raqamlar) ketma-ketligi – parollar xisoblanadi. Abonent biror qurilmaga
dostup olish uchun o‘zining parolini kiritadi. Bu kiritilgan parol qurilma xotirasida



saqlanayotgan va shu abonent nomiga biriktirilgan parol bilan solishtiriladi.


Faqatgina ular mos tushsagina abonentga ruxsat beriladi. B uborada GSM
standartida parol, ya’ni PIN (personal identification number) kod, MSni
aktivatsiyalash uchun xizmat qiladi. Uch marotaba noto‘g‘ri PIN kod terish
natijasida simkarta blokirovkalanadi va ushbu MS bilan ishlash taqiqlanadi.
Parolli autentifikatsiya, tasodifiy va uzun parollar ishlatilganda , shuningdek,
parolni tutib olishlardan va xotira qurilmasidan uni noqonuniy o‘qilishidan
ximoyalangan bo‘lsa, yaxshi barqarorlikga ega. MS PIN kod terish vaqtida abonent
qo‘lida ekanligini inobatga olsak, bu talablar qondiriladi deb xisoblashimiz
mumkin.
Uzoqlashgan qurilmalar uchun uzatilayotgan signalni tutib olinishidan
saqlaydigan murakkabroq protokollar ishlatiladi. Ular nol darajadagi isbot yoki
nol darajali oshkor etish prinsipini xosil qiladi. Abonent (MS), (MAMK) ga
o‘zining shaxsiy sirini oshkor etmaydi, faqatgina unga egaliq qilishini ko‘rsatadi.
Odatda abonentlar uchun ba’zi funsiyalarni xisoblash va bu xaqda shunday
xisoblashlar olib boruvchi tekshiruvchiga xabar berish talab etiladi. Ushbu
qiymatlarni taqqoslash abonentni xaqiqiyligini tekshirishni ta’minlaydi.
12.1-rasmda GSM standartidagi tizimlarda MS autentifikatsiyasining
soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan. MS dan sKMSga so‘rov tushishi bilan
MAKM unga javoban tasodifiy son RAND ni uzatadi. A3 algoritmi bo‘yicha SIM
da saqlanuvchi MS registratsiya jarayonida olingan maxfiy kalit K; yordamida
abonent SRES (signed response) javobni xisoblaydi va MAMK ga xabar beradi.
Kommutatsiya markazi mustaqil ravishda SRES' ni xisoblaydi va uni radiokanal
orqali qabul qilingani bilan solishtiradi. Ularning mos kelishi bilan MSga
autentifikatsiyani o‘rnatilishini tasdiqlash to‘g‘risida xabar yuboriladi. Mos
kelmagan xolda esa – autentifikatsiya (tanish) jarayoni o‘rnatilmaganligi xaqida
signal yuboriladi.
Bu yerda aldov mobaynida oshkor etilmaydigan sir sifatida K; soni
xisoblanadi. Tutib olingan RAND va SRES signallar orqali K, maxfiy sonini
aniqlay olmasliklari uchun SRES bir tomonlama funksiya bo‘yicha xisoblanadi.
Korporativ tizimlarda aloqa markazidan qilinadigan imitatsiya (yasamalik)ga
qarshi ximoya o‘rnatiladi. Abonent dushman tomonidan yaratilgan tizimga emas
balki qonuniy tizimga ulanganligiga ishonch xosil qilishi zarur. TETRA kabi
trankli aloqa tizimlarida MS autentifikatsiyasi bilan birgalikda tarmoq
autentifikatsiyasi xam amalga oshiriladi. U ko‘rsatilgandagidan farq qilmaydi,
faqat xaqiqiylikni tekshiruvchi tarmoq emas balki abonent xisoblanadi.
MAKM va MSlarning o‘zaro aloqasi jarayonida operativ o‘zgaruvchi, IMSI
identifikatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan taxallus (psevdonim) larni qo‘llagan xolda
MS ni joylashgan joyini maxfiylashtirish mumkin. Shunday ekan, GSM tizimida



MSning xar bir registratsiyasidan so‘ng yangi TMSI identifikatori o‘zlashtiriladi.


Abonentlar o‘rtasida xabarlar almashinuvining yo‘nalishlarini maxfiyligi MAKM
da boshqaruv signallarini berkitish orqali amalga oshiriladi.
10.1– rasm. MS autentifikatsiyasi
Bitta chastotali diapazonda ishlaydigan xar xil radiovositalarning
elektromagnit birlashishi muamosi bilan bir qatorda, xar xil uyali radioaloqa
tarmoqlarining birlashishi muamosi ham mavjuddir. Bu sistemalarning rivojlanishi
har xil mamlakatlarda o‘xshash yo‘llar bilan boradi. MRT ishida diapazonda
deshifrator bilan to‘lqin uzunligi qaysiki, deyarli barcha mavjud tizimlarda uyali
aloqada foydalanilganda, turli to‘siqlar tabiiy va sun’iy chiqish ta’sir ko‘rsatadi.
Tabiiy kelib chiqishining asosiy to‘siqlari kabul qilgichning shovqini, atmosfera
shovqini momaqaldiroq vaqtida elektrik razryadlarni yuzaga kelishi xisoblanadi.
Bundan tashqari, halal beruvchi ta’sirlar statik elektr, fazoviy va kuyosh shovquni
xosil qilishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, signal tarqalishi vaqtida quvvatning
yo‘qolishi boshqa ko‘pgina faktorlarga bog‘liq bo‘ladi, berilganlardan tashqari
(masalan, daraxtdagi barglarning aniqligi xisoblash nixoyatda mushkul). Shu sabab
bilan MRT xarakterlash vaqtida taxmin qilingan burama rayonda signal quvvati
satxini eksprimental tadqiqotni o‘tkazish zarurdir. Xususan, bunday tajribalarning
natijasida bazali stansiyalarning joylashuv joyi asoslanishi shart.
Selektiv qotish keng chizig‘li tizimlarda sodir bo‘ladi. (masalan, CDMA
tarmog‘ida). Bunda keskin sodir bo‘lmaydi, biroq qabul qilinuvchi signallarni vaqt
bo‘yicha tuzilishi joyiga va simvollararo interfferensiyaga ega.
Simsiz aloqa tizimi radioefirga dostup erkinligi kuchi turli xil yomon niyatli
kishilarga begona axborotdan sanoqsiz foydalanish bilan xabarni egallash kabi,
abonent va tarmoqlar aldovi rejasida potensial signali uzviydir. Shuning uchun
aloqa tizimi standartlari qonuniy foydalanuvchilarni va tarmoqni shunday
xarakatlardan himoya qilishning turli mexanizimlarini e’tiborga oladilar.



Ma’lumotlarni shifirlash va autentifikatsiyasi jarayonlari shunday mexanizimlarga


kiradi.
Asimmetrik shifrlash tizimlarida xar bir abonent o‘zaro bog‘langan ikkita
kalitlarga ega bo‘ladi: ochiq va maxfiy. Maxfiy aloqani xosil qilish zaruriyati
tug‘ilganda abonentlar ximoyalanmagan kanal bo‘ylab ochiq kalitlar bilan
almashadilar, shunday ekan, ochiq kalitlar barcha foydalanuvchilarga ma’lum
bo‘lishi mumkin (jumladan yovuz niyatli odamga xam). Maxfiy kalit esa
abonentlarda sir saqlanadi. Ochiq kanallar bo‘ylab maxfiy kalitlarni aniqlash
deyarli mumkin emas, chunki buning juda katta ma’lumotlar va vaqt talab qilinadi.

Download 133,14 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Download 133,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg‘uloti 4G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq qilish Ishdan maqsad: 4G avlod mobil aloqasini o’rganish

Download 133,14 Kb.