• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Lak-bo’yoq materiallarining turlari




    Download 0,49 Mb.
    bet3/3
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #158641
    1   2   3
    Bog'liq
    Lak va lak-bo’yoq materiallarini bo’yash texnologiyasi.

    Lak-bo’yoq materiallarining turlari

    a) Moyli bo’yoqlar. Pigment, bog’lovchi, to’ldiruvchi birgalikda maxsus apparatlarda mutassil aralashtirish natijasida quyuq moyli bo’yoqlar olinadi. Ishlatish uchun zarur konsistensiyaga etkazish uchun oliflar qo’shiladi. Metall, yog’och va suvoq yuzalarni bo’yashda moyli bo’yoqlar ishlatiladi. Moyli bo’yoqlar 24 soat davomida 18-200S haroratda qurishi kerak. Qurishini tezlatish uchun sikkativlar qo’shiladi.


    b) Emalli bo’yoqlar. Ular pigment, to’ldiruvchi va lakni aralashtirib olinadilar. Laklar gliftalli, pentoftalli, perxlorvinilli turlarga bo’linadi. Emalli bo’yoqlar alohida, moyli bo’yoqlar ustidan suriladi va qattiqligi va yaltiroqligi bilan xarakterlidir. Emalli bo’yoqlar sanitariya-texnika buyumlari va edirilishga mustaxkamlik talab qilingan yuzalarni bo’yashda, restavratsiya ishlarida ichki va tashqi bezak ishlarida, oynalarga naqsh va suratlar solishda ishlatilishi mumkin.
    v) Suv-elimli bo’yoqlar. Elim, pigment, to’ldiruvchi va suv aralashtirib elimli bo’yoqlar olinadi. Kukun to’ldiruvchi sifatida oxak, bor, gips, sement va sh.k. ishlatiladi. Oxakli bo’yoqlar sanitariya-gigiena talablari qo’yilgan joylarda, ichki va tashqi yuzalarni bo’yashda, suyuq shisha bino fasadini, xonalar ichini bo’yashda, suv-elimli bo’yoqlar esa binolarning suvalgan yuzalarini bo’yash uchun ishlatiladi.
    g) Emulsiyali bo’yoqlar. Ular pigment, to’ldiruvchi, bog’lovchi, suv va emulgatorni maxsus apparatlarda aralashtirilib olinadi. Bunda organik erituvchi tejaladi yoki umuman suvga almashtiriladi. Moyli emulsiya bo’yoqlari ko’p tarqalgan bo’lib, binolarni ichki va tashqi yuzalarini bo’yashda ishlatiladi.
    d) Laklar. Spirtli laklar, nitrolaklar va polituralar bo’ladi. Spirtli laklar smolalarning sirtidagi eritmasidir. Politura tarkibida erigan smola kamroq bo’lgani uchun lak surtilgan yuzadagi parda yupqa bo’ladi. Spirtli laklar yog’och yuzalarni qoplash uchun, polituralar esa shu yuzalarni yaltiratish uchun ishlatiladi. Nitrolaklar nitrotselyulozani organik erituvchilardagi eritmasiga plastifikatorlar qo’shib olinadi. Bu laklar tez quriydi va yaltiroq bo’ladi. Ular yonuvchan va zaxarli bo’lgani uchun ehtiyot choralariga amal qilish kerak.Bino va inshootlar restavratsiyasida tarkibi tabiiy komponentlardan tashkil topgan bo’yoqlarni ishlatishni maqsadga muvofiq bo’ladi.




    Foydalanilgan adabiyotlar.




    Download 0,49 Mb.
    1   2   3




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lak-bo’yoq materiallarining turlari

    Download 0,49 Mb.