|
Layd tuzilishini o’zgartirish va slaydlarga matn kiritish. Taqdimot dasturida ishlash bo’yicha amaliy misol tahlili
|
bet | 2/3 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 18,21 Kb. | | #149633 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)
35
Oxirida esa matnning kiritilganligiga amin bo’lish uchun maydonning
tashqaridagi istalgan joyida sichqon tugmasini bosing.
Siz matnga har xil formatlash elementlarini qo’llashingiz mumkin. Sizda
quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- shrift yoki uning o’lchamini o’zgartirish;
- shriftning ustiga chizish yoki maxsus effekt qo’llash;
- rangini o’zgartirish;
- matnni tekislash;
- satrlar orasining intervalini o’zgartirish.
Boshqa ko’rgazma uchun slaydlardan nusxa olish.
1. Boshqa ko’rgazmaga nusxasi o’tkaziladigan slaydlardan oldin turuvchi slaydni
belgilang.
2. «Vstavka» menyusidagi «Slaydi iz faylov» («fayllardan slaydlar») buyrug’ini
tanlang.
3. Nusxasi o’tkaziladigan slaydlar turgan ko’rgazmani toping va uni belgilang.
4. Nusxasi o’tkaziladigan slaydlarni belgilang va «Vstavit» («Kiritilsin»)
tugmachasini bosing.
Slaydlarni o’chirish.
1. O’chirilishi kerak bo’lgan slaydlarni belgilang.
2. «Pravka» menyusidagi «Udalit slayd» («Slayd o’chirilsin») buyrug’ini tanlang.
Power Point dan chiqish
«Fayl»
menyusidan
«Vixod»
(«Chiqish») buyrug’ini tanlang. MS
PowerPoint ning yuqorida ko’rsatilgan
imkoniyatlarini
qo’llab,
quyidagi
namunaviy
laboratoriya
ishining
bajarilishini ko’rib chiqamiz.
36
Taqdimot dasturida ishlash bo’yicha amaliy misol tahlili.
Faraz qilamizki, Siz biror bir firmada marketing bo’yicha mutaxassis
lavozimida ishlaysiz. Rahbariyat sizning oldingizga bu firmaning mahsulotini
reklama qilish bo’yicha taqdimot tayyorlash masalasini qo’ydi. Yuqorida
o’rgangan bilimlaringiz asosida siz nima qilgan bo’lar edingiz? Bu muammoni hal
qilishdan avval quyidagi laboratoriya ishini o’rganib chiqing va so’ngra qo’yilgan
masalani to’g’ri hal qilishga harakat qilib ko’ring.
Laboratoriya ishi
Ish maqsadi: Power Point dasturida animatsion effektni qo’llagan holda
ko’rgazma yaratish.
Ishni bajarish tartibi:
1. MS Power Point dasturi ochiladi va menyusidan
(Yangi slayd) buyrug’ini tanlanadi. Kerakli ko’rinishdagi slayd tanlanadi. «OK»
tugmachasi bosiladi. Masalan, matn va grafika deb nomlangan
slaydni tanlaymiz. Bu slayd uch qismdan iborat:
• Slayd sarlavhasi
• Slayd matni
• Surat kiritish
2. Slayd sarlavhasi qismiga sichqoncha ko’rsatkichi bilan
bosiladi va slayd sarlavhasi yoziladi: «Informatika kafedrasi» Sarlavha shriftini
jihoz panelidan o’zgartirishimiz mumkin:
• Shrift o’lchamini kattalashtirish uchun tugmachasi, kichiklashtirish uchun
tugmasi bosiladi;
• shrift rangini
tugmachasi yordamida o’zgartiriladi;
•
tugmachalari orqali shrift ko’rinishini qalinlashtirib, qiyshaytirib,
tagiga chizib, soyali qilib yozishimiz mumkin.
Slayd sarlavhasini 2 barobar kattalashtirib, rangini qizil qilamiz va soyali qilib
yozamiz.
|
| |