Lazerlarning ishlash prinsiplari




Download 216,62 Kb.
bet3/23
Sana22.02.2024
Hajmi216,62 Kb.
#160455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
zo\'r

Spektrning optik qismida ishlatiladigan yorug‘lik manbalarining nurlanishi kogerent bo‘lmaydi, masalan, manbaning butun nurlanishi uning atomlari, molekulalari, ionlari, erkin elektronlari kabi mikroskopik elementlari chiqarayotgan va o‘zaro kogerent bo‘lmagan oqimlardan tashkil topgan bo‘ladi. Gaz razryadining yorug‘lanishi, su’niy va tabiiy manbalarning issiqlik nurlanishi, turli usulda uyg‘otilgan lyuminessensiya kogerent bo‘lmagan nurlanishga misol bo‘la oladi.

XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yorug‘lik manbalari yaratilgan bo‘lib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb ataladi. Kogerent bo‘lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bo‘lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnitik to‘lqinlar o‘zaro kogerent bo‘ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio to‘lqinlari manbalariga o‘xshash bo‘ladi.

Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyib hamma xususiyatlarida ko‘rinadi. Nurlanishning to‘la energiyasi bundan istisno bo‘ladi, chunki bu energiya kogerent bo‘lmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan energiyaga bog‘liq bo‘ladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan bog‘langan ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda tarqalish yo‘nalishlari bo‘yicha konsentratsiyalanadi. Ba’zi kvant generatorlarining nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo‘ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 10-12 s ga teng bo‘lgan juda qisqa impulslar chiqaradi; shuning uchun bunday nurlanishning oniy quvvati juda katta bo‘lishi mumkin.

Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘lkan yutuqlaridan biri desa bo‘ladi. Lazerlar yaratilishining boshlanishi 1916 yilga borib taqaladi. Usha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bo‘lib, majburiy nurlanish tushunchasini kiritdi, va nazariy yo‘l bilan majburiy nurlanish uni majburlovchi nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko‘rsatadi. 1930 yilda P.Dirak o‘zi tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik nazariyasi asosida majburiy nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini chuqurroq va aniqroq taxlil qilib, tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930 yildan boshlab optik spektroskopiya sohasida ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bu izlanishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari haqida ko‘plab ma’lumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida ishlatildi. Bu ishlarga S.E.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham o‘z hissalarini qo‘shishdi.


Download 216,62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 216,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lazerlarning ishlash prinsiplari

Download 216,62 Kb.