O`rta ta`mirlash. Bu ta`mirlashni bajarishdan maqsad jihozning texnik xarakteristikalarini ishlab chiqarish jarayonida yeyilgan va nuqsonga uchragan detallarni almashtirish yoki ta`mirlash yo`li bilan qayta tiklashdir. Ish hajmi jihatidan bu ta`mir turi joriy va kapital ta`mirlash o`rtasida turadi. O`rta ta`mirda jihoz o`rnatish joyida demontaj qilmasdan ochiladi va quyidagi ishlar bajariladi:
- mashina barcha mexanizmlari qisman yechilib, tekshiruvdan o`tkaziladi;
- ruxsat etilgan chegaraviy o`lchamdan ortiq yeyilgan detallar almashtiriladi yoki ta`mirlanadi;
- yeyilgan tros, zanjir, tasma va friktsion lentalar tekshiriladi va yangisiga almashtiriladi;
- barcha podshipniklar tozalanadi, tebranish va sirpanish podshipniklari reja asosida almashtiriladi;
- reduktorlar tekshiriladi va yuviladi;
- xasta bo`lgan yuzalar tozalanadi;
- tiqinlar, zichlagichlar, mahkamlovchi detallar tekshiriladi va kerak bo`lganda yangisiga almashtiriladi;
- kerak bo`lganda mashina ba`zi qismlari bo`yaladi;
- mashinani yig`ish, qismlar va mexanizmlar ishini rostlash va sinovdan o`tkazish ishlari.
O`rta ta`mirda mashina ayrim qismlarini kapital ta`mirlash mumkin. O`rta ta`mir ishlab chiqarish va ta`mirlash-mexanika sexlari ta`mirlash personali tomonidan sex mexanigi yoki bosh mexanik boshchiligida amalga oshiriladi.
Bu ta`mirga ketadigan sarf-xarajatlar, agar o`rta ta`mirlash har yili o`tkazilsa, mahsulot tannarxi hisobidan, agar ta`mirlash ishlari har yil o`tkazilmasa, sarf-xarajatlar jihozning amortizatsiyasi kamayishi hisobidan qoplanadi.
|