• Suratlarga fotoishlov berish.
  • Lecture 3 ma’ruza: rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: 1Apparatura va materiallar




    Download 0.54 Mb.
    bet12/13
    Sana04.04.2021
    Hajmi0.54 Mb.
    #14175
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Buyumni yoritib ko‘rish.Sanab o‘tilgan operatsiyalar bajarilgandan va havfsiz ishlash sharoitlari ta’minlangandan so‘ng buyumni yoritib ko‘rishga kiritiladi. Bunda nurlanish manbaini shunday o‘rnatish kerakki, yoritib ko‘rish vaqtida u titramasligi yoki o‘rnidan siljimasligi kerak, aks holda plyonkadagi tasvir surkalib ketgandek bo‘lib chiqadi. YOritib ko‘rish vaqti o‘tgandan so‘ng plyonkali kasseta echib olinadi va eksponirlangan plyonkaga fotoishlov beriladi.

    Suratlarga fotoishlov berish. Plyonkaga fotoishlov berish jarayoni quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: ochiltirish, oraliq yuvish, tasvirni fiksatsiya qilish, oqmaydigan suvda yuvish, yakuniy yuvish va plyonkani quritish. Ochilitirishda bromli kumush kristallarning metalli kumushga tiklanishi yuz beradi. Plyonka maxsus eritma ochiltirgichda ochiltiriladi. Ochiltirish vaqti plyonka va eritmaning o‘rov qutilarida ko‘rsatilgan. Ochiltirishdan so‘ng, plyonka suv solingan idishda chayiladi. Bunday oraliq yuvish ochiltirgichning fiksatsiyalovchi eritma-fiksajga tushmasligini oldini oladi. Fiksajda bromli kumushning ochilmagan donachalari eriydi, tiklangan metalli kumush esa o‘zgarishlar sezmaydi.

    Fiksatsiyadan so‘ng plyonka oqmaydigan suvda yuvilib, keyi undan olinadi va kumush yig‘ib olinadi. Keyin plyonka fiksatsiyadan so‘ng unda qolib ketgan kimyoviy reaktivlarni yo‘qotish uchun 20 – 30 min mobaynida vannada oqar suvda yuviladi. Plyonka yuvilgandan so‘ng uni 3 – 4 soat quritiladi. Quritish harorati 350S dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

    Suratlarni o‘qish (tahlil qilish) fototanlov berish ishlarini o‘tkazishda eng ma’suliyatli bosqichdir. Suratlarni tahlil qiluvchining vazifasi nuqsonlarni aniqlash, ularning turlarini va o‘lchamlarini belgilashdash iborat. 1,5 mm gacha bo‘lgan nuqsonlar tasvirlarining o‘lchamini o‘lchashda o‘lchov lupasidan (GOST 25706-83), 1,5 mm yuqorilarini esa shafof o‘lchov chizig‘idan foydalanib o‘lchash tavsiya etiladi. Suratlarni tahlil qilishda plyonkaning sifati yomonligi yoki fotoishlov berish jarayonida unga noto‘g‘ri muomila qilish sababli vujudga kelgan nuqsonlarni nazorat qilinayotgan materialning nuqsonlaridan farqlay olish kerak. SHubhali holatlarda nazorat qilinayotgan materaial takroriy yoritib ko‘rilishi kerak.

    Nazoratdan o‘tkazilgan payvand birikmaning sifati to‘g‘risidagi xulosa texnik shartlar (TSH) ga muvofiq buyumni tayyorlash va qabul qilish uchun beriladi. Bunda buyumning sifatini baholash faqat quruq surat bo‘yicha amalga oshiriladi, surat quyidagi talablarga (GOST 7512-82) javob berishi kerak: rentgenogrammada suratning butun uzunligi bo‘ylab chok kuchaytirilgan holda payvand birikmaning tasviri aniq kurinishi; suratda dog‘lar, tirnalgan joylar, barmoq izlari, plyonkaning yomon yuvilishi oqibatidagi va u bilan noto‘g‘ri muomala qilish natijasida hosil bo‘lgan oqmalar bo‘lmasligi; suratda etalonlarning tasvirlari ko‘rinishi. Aks holda takroran yoritib ko‘riladi.





    Download 0.54 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 3 ma’ruza: rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: 1Apparatura va materiallar

    Download 0.54 Mb.