Yorug‘lik diodlari optik aloqa liniyalari, indikator qurilmalar, optoparalar
va x.z.larda qo‘llaniladi.
Optoelektron juftlik, yoki optopara, konstruktiv
jihatdan optik muhitda
bog‘langan yorug‘lik nurlatuvchi va foto qabul qilgichdan tashkil topgan.
Yorug‘lik nurlatuvchi va foto qabul qilgich orasidagi to‘g‘ri optik aloqa barcha
turdagi elektr aloqalarni bartaraf etadi.
Optronlar. Kirish elektr signali ta’sirida yorug‘lik diodi yorug‘lik
nurlatadi, foto qabul qilgich (fotodiod, fotorezistor va x.z.) esa yorug‘lik
ta’sirida tok generatsiyalaydi.
a)
b)
v)
g)
2-rasm. Fotodiodlar.
2-rasmda yorug‘lik diodi va fotodiod (
a), fototranzistor (
b), fototiristor (
v),
fotorezistor (
g) dan tashkil topgan optoparalar keltirilgan. Optoparalar raqamli
va
impuls qurilmalar, analog signallarni uzatish qurilmalari,
yuqori voltli
manbalarni kontaktsiz boshqarish avtomatik tizimlari va boshqalarda ajratuvchi
element sifatida qo‘llaniladi.