Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p
-n o‘tish va
uchta
elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi.
Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad
tashuvchilar - elektron va
kovaklarning harakatiga asoslangan.
Bipolyar
tranzistor p-n-p va
n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta
yarim o‘tkazgichdan tashkil topgan (3
a va
b-rasm). Endilikda
keng tarqalgan n-
p-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.
Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (
n
+
- soha)
emitter deb
ataladi
va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (
r - soha)
injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (
n - soha)
kollektor deb ataladi. U emiitterga
nisbatan kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni
baza sohasidan
ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (4- rasm). Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish
emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa -kollektor o‘tish deb
ataladi.
3 – rasm.
Tashqi kuchlanish manbalari (
U
EB
, U
KB
) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri
yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda tranzistor
aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish
xossalari namoyon
bo‘ladi.
4 – rasm.
Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri
yo‘nalishda siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor
invers yoki teskari ulangan deb
ataladi. Tranzistor raqamli sxemalarda qo‘llanilganda u
to‘yinish rejimida (ikkala
o‘tish ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan), yoki
berk rejimda (ikkala o‘tish teskari
siljigan) ishlashi mumkin.