Lecture 9 mavzu: oziq-ovqat sanoati texnologik jihozlarini ta’mirlash texnologiyasi




Download 0.61 Mb.
bet1/9
Sana18.04.2024
Hajmi0.61 Mb.
#200651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Presentation 9
http, Mustaqil ish Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish, Antenna Yakuniy Yozma
  • Lecture 9
  • MAVZU: OZIQ-OVQAT SANOATI TEXNOLOGIK JIHOZLARINI TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI.
  • 9.1. Maydalovchi jihozlar
  • Jo`vali (valetsli) dastgohlar. ВС-5 jo`vali dastgohni montaj joyigacha vertikal va gorizontal ko`chirish ko`tarish-transportlash moslamalari bilan amalga oshiriladi. Dastgoh staninasi tayanch sirtining tagiga qalinligi 80 mm va eni 150-180 mm bo`lgan yog`och bruslardan yasalgan rama qo`yiladi. Bu rama dastgohning tayanch qismi chetidan 60-70 mm chiqib turishi kerak. Yog`och rama ustiga qalinligi 10-15 mm bo`lgan gofrlangan tovushni so`ndiruvchi rezina qo`yiladi. Dastgohning ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlar bo`yicha gorizontallikdan og`ish jo`valar tayanchlariga lineyka va obtarozi qo`yish, hamda harakatlantiruvchi shkivlarning yon sirtidan o`tadigan shoqul bilan tekshiriladi.
  • Gorizontallikdan ruxsat etilgan og`ish qiymati 1 m uzunlikda 0,1-0,3 mm; balandlik belgisidan og`ish ± 5 mm; yuqoridan ko`rinishda o`qlar bo`yicha og`ish ± 5 mm.
  • Gorizontallik holati rostlangan keyin yog`och rama beton plitaga M16 boltlar bilan mahkamlanadi.
  • Agar bir necha jo`vali dastgoh bir joyda o`rnatilsa, yog`och ramalari bo`ylama montaj o`qi bo`yicha o`rnatiladi, bunda o`q chiziqlari parallelligi ta`minlanishi kerak. Qator chizig`idan dastgohning ruxsat etilgan maksimal og`ishi ± 15 mm. Dastgohlarning bir-biriga nisbatan gorizontallik holati gidrostatik obtarozi yordamida bajariladi. Umumiy gorizontallik chizig`idan og`ishning qiymati ± 5 mm.
  • Dastgoh 1 soat mobaynida salt holatda sinovdan o`tkaziladi. Undan keyin o`tayotgan mahsulotni qarab turish uchun shishadan patrubok va po`lat mahsulot yetkazib beruvchi truba o`rnatiladi. Po`lat truba va biriktiruvchi cho`yan flanetslar orasiga qalinligi 10-15 mm bo`lgan rezina xalqa qo`yiladi.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lecture 9 mavzu: oziq-ovqat sanoati texnologik jihozlarini ta’mirlash texnologiyasi

Download 0.61 Mb.