• Titan va uning qotishmalari
  • Legirlash turlari




    Download 26,22 Kb.
    bet6/6
    Sana12.02.2024
    Hajmi26,22 Kb.
    #155001
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Legirlash turlari-fayllar.org

    Magniy qotishmalari. Magniyning Al, Mn, Zn, Si va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalari magniy qotishmalari deyiladi. Magniyning ba’zi quyma qotishmalari markalari, kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalari 9.3 –jadvalda keltirilgan.
    9.3–jadval
    Magniyning quyma qotishmalari

    Markasi

    Kimyoviy tarkibi, %

    Ishlatilish sohasi


    Al

    Zn

    Mn

    Si

    ML2

    0,1

    0,05

    1–2

    0,10

    Benzin baki bo`g`zi, armatura

    ML4

    5,0–7,0

    2–3

    0,15–0,5

    0,25

    Dvigatel, samolyot detallari

    ML5

    7,5–9,0

    0,2–0,8

    0,15–0,5

    0,25

    Samolyotsozlikda, kimyo qurilmalarida

    Bu qotishmalarning texnologik xossalari yaxshiligi, korroziyabardoshligi, yaxshi kesib ishlanishi, solishtirma puxtaligi yuqoriligi sababli ulardan samolyotsozlik va asbobsozlikda foydalaniladi.



    Titan va uning qotishmalari
    Titan ko`p tarqalgan metall bo`lib, yer qobig`ining 0,61 % ini tashkil etadi. Solishtirma og`irligi 4,5 g/sm3, suyuqlanish harorati 1800 °C. Titan ishlab chiqarishda ishlatiladigan minerallarga quyidagilar kiradi:
    • rutil (TiO2);


    • ilmenit (FeOTiO2);


    • titanit (CaOSiO2TiO2);


    • perovskit (CaOTiO2).




    Rutil tarkibida 60 % titan mavjud bo`lgan qizil tusli mineral hisoblanib, uning solishtirma og`irligi 6–6,5 g/sm3 ga teng.
    Ilmenit tarkibida 59 % rutil mavjud bo`lgan qoramtir tusli yaltiroq mineral hisoblanadi, uning solishtirma og`irligi 4,56–5,24 g/sm3ni tashkil etadi.
    Titanit tarkibida 34–42% rutil mavjud bo`lgan sarg`ishdan qora ranggacha o`zgaradigan rangli mineral bo`lib, uning solishtirma og`irligi 3,4–3,6 g/sm3 ga teng.
    Perovskit tarkibida 58–59 % rutil mavjud bo`lgan har xil rangli mineral hisoblanib, uning solishtirma og`irligi 4 g/sm3 ni tashkil qiladi.
    Titan rudalaridan titan kontsentratsiyasini olishda ruda flotatsion yoki elektromagnit usulida to`yintiriladi. Keyin pechlarda suyuqlantiriladi. Bu jarayonda kontsentrat tarkibidagi temir oksidlari qaytarilib, pech tubiga yig`iladi. TiO2 shlakka o`tadi. Shlak tarkibida
    65–85 % TiO2, 15–20% SiO2 va 01 % CaO bo`ladi. Sovitilgan shlak esa kukun qilinadi. Unga uglerodli va bog`lovchi moddalar qo`shilib, aralashtiriladi. Hosil qilingan aralashma qoliplarga jipslab joylashtiriladi va qizdirish orqali briketlar olinadi. Titanning bu birikmalariga ikki bosqichda ishlov beriladi. Titan briketlari xlor bilan ishlanib titan tetroxlorid (TiCl4) hosil qilinadi. Undan titan ajratib olinadi. Titan maxsus pechlarda 900–950°C haroratda vakuumda tozalanadi. Texnik titanning TG00, TG0, TG1, TG2 markalari mavjud. Titan qotishmalari samolyotsozlik, kemasozlik, mashinasozlik, metallurgiyada va raketasozlikda ishlatiladi.
    http://fayllar.org
    Download 26,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 26,22 Kb.