|
Alyuminiy va uning qotishmalari
|
bet | 4/6 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 26,22 Kb. | | #155001 |
Bog'liq Legirlash turlari-fayllar.orgAlyuminiy va uning qotishmalari
Alyuminiy tabiatda keng tarqalgan metall hisoblanib, u yer qobig`ining 7,45 % ini tashkil etadi. Alyuminiy tog` jinslarida Al2O3 va Al (ON)3 birikmalari holatida bo`ladi.
Asosiy alyuminiy rudalariga boksit, kaolin, alunit, nefelin minerallari kiradi. Bu minerallarning kimyoviy tashkil etuvchilari 9.2 –jadvalda keltirilgan.
9.2–jadval
Alyuminiy rudalarining kimyoviy tashkil etuvchilari
Mineral nomi
|
Kimyoviy tashkil etuvchilari, %
|
Al2O2
|
Fe2O3
|
SiO2
|
TiO2
|
CaO
|
H2O
|
Na2O+K2O3
|
SO3
|
Boksit
|
30–57
|
16–35
|
3–13
|
2–4
|
3
|
10–12
|
–
|
–
|
Kaolin
|
37–40
|
1,5
|
36–45
|
–
|
–
|
15–20
|
–
|
–
|
Alunit
|
20–21
|
4-5
|
41–42
|
–
|
–
|
6–7
|
4,5–5,0
|
22–23
|
Alyuminiy birikmalaridan alyuminiy olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish
Tabiiyki, rudaning tarkibidagi begona jinslarning o`lchami va miqdorlari turlicha bo`ladi. Shu bois alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish usullari ham turlichadir:
ishqorli usul;
kislotali usul;
elektrotermik usul.
Ishqorli usulda dastlab boksit maxsus pechda qizdirilib, keyin maxsus tegirmonlarda kukun holiga kelguncha maydalanadi. So`ngra unga ma’lum miqdorda soda va ohaktosh kukunlari qo`shilib, aralashma hosil qilinadi. Bu aralashma bo`yi 80–150 m, diametri 2,5–5 mli sekin aylanuvchi barabanli pechda 1100°C haroratgacha qizdiriladi.
Olingan massa maxsus bakda 60°C haroratli suv bilan ishlanadi. Natijada natriy alyuminat va natriy ferritlar suvda eriydi, kaltsiy silikat esa suvda erimay, bak tagiga cho`kadi. Keyin esa bu eritma bakdan chiqarilib, maxsus idishda gidrolizlanadi. Bunda natriy ferrit temir (III) –gidroksid tarzida cho`kib ajraladi. Qolgan eritma suv quyilgan maxsus idishda karbonat angidrid bilan ishlanib, alyuminiy gidroksidi olinadi. Alyuminiy gidroksidi cho`kma tarzida ajraladi, natriy karbonat esa eritmada qoladi. Alyuminiy gidrooksid idishdan olinib, filtrlanadi. So`ngra aylanadigan qiya pechda 950–1200 °C haroratgacha qizdiriladi. Bunda u parchalanib alyuminiy oksidi hosil bo`ladi.
|
| |