• Ijtimoiy mediada tahdid va xavf-xatarlar’’ mavzusidagi
  • Limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika




    Download 24,1 Kb.
    Sana18.12.2023
    Hajmi24,1 Kb.
    #122424
    Bog'liq
    Baratov Shahzodbek Ijtimoiy mediada tahdidlar va xavf xatarlar


    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
    UNVERSITETI

    TABIIY FANLAR FAKULTETI



    Kimyo va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi

    60110800-Kimyo ta’lim yo‘nalishi

    1-kurs 101-guruh talabasi

    Baratov Shahzodbek Chori o‘g‘lining


    Media savodxonlik va axborot ma’daniyati fanidan
    Ijtimoiy mediada tahdid va xavf-xatarlar’’ mavzusidagi

    MUSTAQIL ISHI



    Ijtimoiy mediada tahdid va xavf-xatarla
    Muqaddas islom dinida begunoh inson qonini to‘kish buzg‘unchilikning eng ulkan ko‘rinishi hisoblanadi. Islom dini hatto chumoliga ozor berishdan ham qaytaradi. Bunday vahshiylikni qilayotganlar dinga e’tiqod qilgani haqida qancha lof urmasin, qilgan yovuzliklari bu da’volari soxta ekanini fosh etmoqda. Bugungi kunga kelib, internet tizimining ijtimoiy tarmog‘ida ma’naviy, axloqiy tubanlikni “targ‘ib” etuvchi sahifalarning soni bir nech yuz miliondan oshayotganligi insoniyatni yanada tashvishlantiradi. Bu haqda Chingiz Aytmatov shunday yozadi: “Tuya terisini odamning taqir boshiga kiydirish shart emas. Endi sodir bo‘ladigan urushlar jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan qaraganda, yoshlarning ko‘p vaqtini internetda behuda sarflashi katta fojiadir”. Chunki, Globallashuv jarayonida mafkuraviy ta’sir o‘tkazish ko‘lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko‘rinadi. Inson o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol. Unitetining nechog‘liq shakllanishiga bevosita aloqadordir.
    Ijtimoiy tarmoqlar bugun qudratli axborot qurolga aylangan ekan, dunyo miqyosida mafkuraviy-g‘oyaviy tahdidlarni targ‘ibot va tashviqot etishda muhim omil vazifasini o‘tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma’naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor. Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog‘lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Internet tizimining ijtimoiy tarmog‘idan olingan narsa to‘g‘ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan har qanday ma’lumot xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga solmoqda. Ular g‘arazli maqsadlari yo‘lida yoshlarda buzg‘unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to‘kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda. Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan yoshlar vaqt, umr g‘animat ekanini doimo yodda saqlamog‘i lozim. Zero, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo‘lib, unda inson adashib soatlab, kunlarini samarasiz o‘tkazib yuborish bilan birga yoshlarimiz o‘jar va qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatlarini inkor etadi. Darhaqiqat, bugun axborot ko‘p va tez kirib kelayaptiki ularni hazm qilish uchun teran tafakkur va keng dunyoqarash talab etiladi. Ayniqsa internet tizimining ijtimoiy tarmoq olami farzandlarimiz e’tibori va qiziqishini tortib borayotgan bugungi davrda ayrim kompyuter o‘yinlari haqida ham shunday misollarni ketirish mumkin. Bugun dunyo aholisining 90 % dan ortig‘ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Foydalanayotganlar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo‘qdek. Inson bu 3 soat mobaynida turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima notabiylik bor deb o‘ylash mumkin. Albatta, ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko‘zlagan insonlar o‘tirmasligini o‘nlab misollar bilan asoslash mumkin. Ayniqsa, yoshlarda bunday holat ko‘proq yolg‘iz qolish istagining kuchayishida namoyon bo‘ladi. Manbalarda ijtimoiy tarmoq – odamlarning muloqot qilish, o‘xshash qiziqishlari yuzasidan boshqa odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarni yaratish uchun foydalanadigan onlayn platforma deb ta’rif berilgan. Ilk bor odamlar o‘rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko‘rinishi paydo bo‘ldi. Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog‘lanishning ilk ko‘rinishi edi. Dastlab ikki kishi o‘rtasida ma’lumot almashish uchun yaratilgan elektron ma’lumot almashuv keyinchalik guruhlar o‘rtasidagi muloqot vositasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar haqida ilk bora o‘z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va A.Rapoport o‘tgan asr o‘rtalarida muloqotning virtual ko‘rinishi haqida o‘z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi tasavvurlarini aytib o‘tishgan. Ijtimoiy tarmoq atamasini alohida tushuncha sifatida 1954 yil Manchester maktabi namoyondalaridan biri J.Barns ilmiy manbalarga kiritgan. Internet tarmog‘ida insonlar o‘rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilash bog‘lashadi. Aslida ham shunday. Siz virtual olamda tez va qulay muloqotni kunning yoki tunning istalgan vaqtida o‘rnatishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz bilan yozishib, gaplashib, uni ko‘rishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter yoki telefon va internet bo‘lsa kifoya. Bugungi kunda mashhur bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega bo‘lmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar orasida ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizi virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap shundaki, ko‘pchilik yoshlar o‘z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar.
    Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo‘lgan ehtiyojning pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda o‘zining doimiy ko‘rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiluvchi insonlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan ayri holda kechadi va inson o‘zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi. Jamiyatning barqaror taraqqiyoti sharoitida, jamiyatda ommani zararli axborotlardan himoya qilish va milliy saytlarni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda ilmiy asoslangan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlarning internet tarmoqlariga mansub bo‘lgan, innovatsion texnologiyalarga asoslangan xorij tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash lozimki, jahonda global internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning soni muntazam oshib bormoqda, global internet xizmatidan 20 yil avval 4,1% kishilar foydalangan bo‘lsa, ushubu ko‘rsatkich 2019 yilda 4,5 milliardni tashkil qildi, ya’ni bugungi kunda yer sharida yashovchi 58,8% aholi ushbu axborot tarmog‘idan foydalanadi.17 Jahonda axborotning ijtimoiy fikrni shakllantirishi va texnologik taraqqiyotga ta’siri tobora faollashayotgan hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning bu jarayondagi o‘rni va roli kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda «dunyo aholisining 58,8% i Internet tarmog‘idan foydalanadi, u o‘zaro bog‘langan axborot dunyosini tubdan o‘zgartirdi, mamlakatlar, mintaqalar, xalqlar va avlodlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qildi va u yoshlar hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda»18. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, axborotni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir. Dunyoda axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya vositalari jadal sur’atda insoniyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy intellektual hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fanlar tizimida “ijtimoiy tarmoq” iborasi birinchi bor Jon Berns19 (Jn A. Barnes) tomonidan 1954 yilda kiritilgan. Uning fikricha, bir individning atrofidagi ijtimoiy tarmoqning kattaligi taxminan 150 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Keyinchalik u gumanitar fanlarning turli sohalari, jumladan sotsiologiyada ham muntazam qo‘llanila boshlandi. Bu sohada Ya.Moreno tomonidan eksperement olib borilgan va u “Ijtimoiy tarmoqlar tahlili” fan tarmog‘ining asoschisi hisoblanadi. Shuningdek, algoritmik axborot nazariyasini sun’iy intellekt yaratish ustida ijtimoiy tarmoqlar nazariyasining yetakchilari sifatida g‘arb olimlari R.Solomonoff va A.Rapoportlarning bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. 1959-1968 yillarda venger matematiklari P.Erdyosh va A.Reni ijtimoiy tarmoqlar shakllanishining prinsiplarini ta’riflovchi maqolalar nashr etdilar. D.Uotts va S.Strogach ijtimoiy tarmoqlar nazariyasini rivojlantirib, klasterlashtirish koeffitsientini ilmiy muomalaga kiritdilar. XX asrning 70-chi yillarida sotsial tarmoqlarga oid tadqiqotlarning sotsiologik va matematik usullari majmuasi shakllandi va ular ijtimoiy tarmoqlarning hozirgi zamon tahliliga ilmiy asos bo‘ldi. Bu esa insoniy tuyg‘ularning yo‘qolib borishiga zamin yaratadi. Yaqin o‘tmishimizda insonlar o‘rtasida “uyga keling” deb taklif qilingan bo‘lsa, endilikda “telegram kanalim”ga tashrif buyuring, “Facebookdagi sahifam”ga kiring degan takliflardan ajablanmay qo‘ydik. Shu nuqtai nazardan qaraganda, shiddatli global o‘zgarishlar davrida yoshlar ong-u shuurini internet tizimining ijtimoiy tarmog‘i orqali kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ota-onalardan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab qiladi. Ma’lumki, dunyoda g‘oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ularning tafakkurida sog‘lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish eng muhim vazifadir. Bunday murakkab va tahlikali davrda ma’naviy ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardanhi himoya qilish, yoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon – atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, zo‘rlik bilan joriy etish oqibatida xalqaro maydondagi ziddiyat va qarama – qarshiliklar kuchayib borayotgan bir vaziyatda o‘zimizning kelajak strategiyamizni aniq belgilab olish, g‘animlarning g‘arazli urinishlari nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab olish va keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy g‘oya targ‘iboti va mafkuraviy jarayonlarning amaliy ishlari va ijobiy natijalarini yoshlarga tushuntira bilish, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ma’naviyat va ma‟rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi” ekanligi to‘g‘risidagi qarashlarining mazmun-mohiyatini har bir fuqaroga, xususan, yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish zarur. Umuman, bugungi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari salbiy ta’sirining oldini olish uchun yoshlarning ma‟naviy salohiyatini oshirish, iqtidorli va iste‟dodli bolalarning o‘z ijodlarini erkin namoyon etish va axborot almashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari orqali maxsus internet dasturlarini ko‘proq tuzib, yoshlarga mo‘ljallangan turli mavzular bo‘yicha maqsadli loyiha va sohaviy tizimli dasturlarni tayyorlash va ularni doimiy tarzda yangilab borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda jamiyat hayotining modernizatsiyalashish sharoitida jamiyatda ma’naviy sohada quyidagi vazifalarni ham bajarishimiz maqsadga muvofiqdir: - yoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish; - turli qarash va fikrga ega bo‘lgan yoshlarning o‘ziga xos orzu-intilishlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oyalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, yagona Vatan tuyg‘usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma’rifat, innovatsion taraqqiyotni ta’minlash barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish, milliy hamjihatlikni yanada mustahkamlash; ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish. Buning uchun, avvalo: - ommaviy axborot vositalarida milliy ma’naviyatimiz aks etgan ko‘rsatuvlar, seriallar, kino va badiiy filmlar namoyishini omma e’tiboriga taqdim qilish; - internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko‘paytirish hamda yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g‘oyalarni singdirib borishni ta’minlash; - jamiyatda ma’naviyatni takomillashtirish mavzuida ilmiy loyihalar joriy etish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash zarurdir. XXI asrda davlatimizning ravnaqi, uning kuchi hamda salohiyati ko’p jihatdan xalq ma’naviyatining yuksakligi va pokligiga, yoshlarimizning intellektual savodxonligiga, ular ongi, ichki dunyosi va qalbida milliy g‘oyaning rivojlanganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda esa internet tizimining ijtimoiy tarmog‘idan tarqatilayotgan turli xil yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy imm Din nomi bilan ish yuritayotgan g‘arazli kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O‘zlarini yaqin do‘st yoki hidoyatga chorlovchi sifatida tanitib, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itmoqda. Hozirgi kunda Xitoyda 500 milliondan, Rossiyada 50 milliondan, O‘zbekistonda 10.2 milliondan ortiq internetdan foydanuvchi ro‘yxatga olingan. Endilikda ijobiy yoki salbiy mazmundagi axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya kifoya.
    Afsuski, ko‘p yoshlar Islom niqobi ostida olib borilayotgan buzg‘unchi harakatlarning qurboni bo‘lib, din dushmanlari quroliga aylanib qolmoqdalar. Ular nozik chegara chizig‘ini anglamay, shunday targ‘ibotlarga uchib, o‘z dini, dindoshlari, xalqi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga qarshi isyon qilishgacha borib yetmoqdalar. Buzg‘unchi oqimlar o‘z sahifalarida yoritilgan fikrlarni asoslash uchun, asosan, Ibn Taymiya, Abu A’lo Ma’dudiy, Muhammad ibn Abdulvahhob, Hasan al Banno, Sayyid Qutb, Muhammad Ilyos Kandehlaviy, Taqiyuddin Nabahoniy, Abdul Qadim Zallum, Said Nursiy, Fathulla Gulen kabi qo‘shtirnoq ichidagi ulamolarning manbalaridan iqtiboslar keltirishadi.
    Afg‘onistonda Tolibon harakati o‘z safiga yangi a’zolarni jalb etish, erishilgan “yutuqlar”ni ovoza qilish va zarur ma’lumotlarni e’lon qilish maqsadida 2011 yilning may oyidan boshlab dunyo bo‘ylab ommalashgan “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idan foydalana boshlagan. Vaholanki, Tolibon harakati televizor, radio singari zamonaviy texnologiyalarni mutlaqo inkor etib, o‘z a’zolarini bulardan ehtiyot bo‘lishga qattiq buyurar edi.Hozir internetda tarqatilayotgan ma’lumotlarning rang-barangligi va ko‘pligidan ularning qay biri to‘g‘ri-yu, qay biri noto‘g‘ri ekanini ajratib olish mushkul. Islom dushmanlari musulmonlar o‘rtasida fitna chiqarish uchun internet – “o‘rgimchak to‘ri” dan juda ustalik bilan foydalanishmoqda. Birgina “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida turli tillarda bir qancha guruhlar ochib, soxta g‘oyalarini muntazam ravishda tarqatib, ko‘paytirib borishyapti.
    Terrorchilar o‘zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda “shahidlik”, “jihod”, “hijrat”, “takfir”, “xalifalik” kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida ayrim yoshlarni o‘zlarining tuzoqlariga ilintirishga muvaffaq bo‘lishayotgani achinarli hol, albatta. Shu o‘rinda mashhur olim, marhum Muhammad Said Ramazon Butiyning terrorchilar xususida aytgan quyidagi so‘zlarini keltirish lozim: “Ular bir vaqtning o‘zida biror aybi yo‘q musulmonlarni kechasi bo‘g‘izlab ketishni “shariat ruxsat bergan ish” deydilar. Ular oddiy yo‘lovchilar to‘la samolyotni ichidagi aybsiz insonlar bilan qo‘shib portlatib yuborishni ham “shariatda bor ish” deydilar. Har kim ko‘zlarini yumib, Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bugun oramizda yuribdilar, deb hayol qilsin. Ul zot shunday razil ishlarga rozi bo‘lar edim.”


    XULOSA
    Xulosa o‘rnida aytmoqchimizki, hozirgi kunda jamiyatimiz hayoti fan texnologiyalar rivoji bilan tobora uyg‘unlashib borayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Shunday ekan, har birimiz ijtimoy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga amal qilishimiz, o‘z navbatida, uni atrofdagilarga ham o‘rgatish foydadan xoli bo‘lmaydi. Binobarin, yoshlarning ruhiy-ma’naviy olamini zararli unsurlardan, turli xil buzg‘unchi, yod va zararli g‘oyalardan himoya qilish orqali taraqqiyot poydevori yaratiladi. Zero, ma’naviy barkamol, intellektual salohiyati yuqori avlod tarbiyasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahonda eng muhim vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aynan ma’naviy barkamol avlod mamlakat ertasini belgilab beradi. Ma’naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.

    E’TIBORINGIZ


    UCHUN
    RAHMAT
    Download 24,1 Kb.




    Download 24,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

    Download 24,1 Kb.