|
Linux Server boshqaruvi fanidan 1-Mustaqil ish Bajardi
|
bet | 1/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #235114 |
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Linux Server boshqaruvi fanidan
1-Mustaqil ish
Bajardi: 218-21 guruh
Talabasi: Toirov Doston
Tekshirdi: Turakulov Otabek
Toshkent -2024
Mavzu:Web-Server
Reja:
1.Serverlar haqida tushuncha.
2.Web Serverlar.
3.Serverlar va ularning turlari.
Server bu — tarmoq orqali mijozlarga maʼlumot yoki xizmatlar koʻrsatuvchi kompyuter qurilmasidir. Server yirik korporatsiyalar yoki xususiy web-foydalanuvchilar uchun tarmoq bo’ylab zarur bo’lgan barcha xizmatlarni taqdim etishi uchun zarur qurilma hisoblanadi.
Server mijoz kompyuterlaring soʻroviga javob berish uchun moʻljallangan, nisbatan yuqori hisoblash imkoniga ega boʻlgan kompyuter. Server ma'lum bir sohaga xizmat qilishi ham mumkin. Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirish darvozalari hisoblanadi.
Server protsessorlari -
Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi. Ajratilgan server, Virtual server, Proksi-server,Ajratilgan server va Protokol. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga chiqa olishadi. Web server tushunchasini ikki xil ma'noda ishlatish mumkin. Agarda gap WWW xizmatini ko'rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma'nosini anglatadi. Web serverni siz oʻz uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur oʻrnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak boʻladi. Soʻng oʻz saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda boʻlishi kerak. Web serverga oʻrnatiladigan web dastur turlari koʻpdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta Apachedir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan.
Veb serverga o'rnatiladigan veb dastur turlari ko'pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta "Apache"dir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan. Quyida ba'zi bir veb serverlarni nomini keltirdim.
Apache – Apache Software Foundation.
IIS – Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o'rnatilgan(Windows Server 2003, Windows Server 2008,..).
Nginx – ochiq veb server. Katta hajmdagi saytlar uchun.
Lighttpd – ochiq veb server.
Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan veb server.
Resin
Cherokee – veb interfeys orqali boshqariladi.
Rootage – Java tilida yozilgan veb server.
THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz veb server.
Keng qo’llaniladigan server turlari quyidagilar:
1) Web-server
2) Ma’lumotlar bazasi serveri
3) Elektron pochta serveri
4) Veb proksi-server
5) DNS serveri
6) FTP serveri
7) DHCP serveri
8) Bulutli server
|
| |