|
Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat
|
bet | 2/3 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 168,31 Kb. | | #274818 |
Bog'liq m9Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat: Internet foydalanuvchilari bilan bog‘lanish xizmatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: - WWW–servis (World Wide Web) – bu Internetning eng ommaviy va eng taniqli xizmati bo‘lib, 1993–94-yillarda Internet tarkibiga kiritilgan. Uni «O‘rgimchak to‘ri» yoki sodda qilib Web deb ham atashadi.
- E-mail – elektron pochtani uzatish xizmati Internet tarmog‘ining ixtiyoriy abonenti bilan pochta almashinuvini amalga oshirish mumkin. Ham matnli, ham ikkilik fayllarni uzatish imkoniyati mavjud.
- MCI Mail – savdo uchun mo‘ljallangan va Internet bilan bog‘langan. Mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: pochta, faksimil va teleks.
- UseNet – tarmoq yangiliklarini olish, tarmoq elektron e’lonlar taxtasini olish va unga axborotlarni joylashtirish imkoniyati. Internet tarmog‘ining elektron taxtalari mavzular bo‘yicha shakllantirilgan. Foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan yangiliklar guruhiga a’zo bo‘lishi mumkin.
- IRC (Internet Relay Chat) – Internet tarmog‘i orqali suhbatni uzatish. Bu tizim foydalanuvchilarga tezkor rejimda murojaat qilish imkonini beradi. Insonlar guruhi qandaydir aniq munozara mavzusini qo‘llovchi kanallarga birlashadilar. Xabar kiritilib, Enter klavishi bosilgandan so‘ng, bir necha sekundda u kanalning barcha ishtirokchilari ekranida hosil bo‘ladi.
- TelNet – kompyuterlarga masofaviy kirish xizmati. Abonentga Internet tarmog‘ining ixtiyoriy kompyuteridan o‘zining shaxsiy kompyuteri sifatida foydalanish, ya’ni dasturlarni ishga tushurish, fayllarni o‘qish va h.k.lar uchun imkon beradi.
- Lpr – tarmoqda chop qilish. Masofaviy (tarmoq) printerga chop qilish uchun faylni yuborish.
- Lpq – tarmoqda chop qilish. Tarmoq printerida navbatda turgan fayllarni ko‘rsatadi.
- Ping – tarmoq orqali masofaviy EHMga kirishlilikni tekshirish.
- Talk – masofaviy uzoqlashgan foydalanuvchi bilan «suhbatlashish» imkonini beradi. Bunda kompyuter ekranida kiritilayotgan matn va masofaviy foydalanuvchi javoblari bir vaqtda chiqariladi.
- FTP (File Transfer Protocol) – fayllarni uzatish protokoli. Abonentga ikkilik va matnli fayllarni tarmoqning ixtiyoriy kompyuteri bilan almashish imkonini beradi. Foydalanuvchi masofaviy kompyuter bilan aloqa o‘rnatib, undan o‘z kompyuteriga fayllardan nusxa olishi yoki o‘zining kompyuteridan masofaviy kompyuterga faylning nusxasini ko‘chirishi mumkin. FTP kirishi mumkin bo‘lgan fayllar to‘plami FTP- arxivlarga birlashtirilgan. Bunday fayllar tematika va kataloglar bo‘yicha tartiblangan.
- NFS (Network File System) – taqsimlangan faylli tizim. Abonentga masofaviy uzoqlashgan kompyuter faylli tizimidan shaxsiy kompyuter tizimi sifatida foydalanish imkonini beradi.
|
| |