|
Loyihalash texnologiyasi
|
Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #158638 |
Bog'liq loyihalash Fargona Politexnika instituti mexanika mashinasozlik fakulteti MST va A guruhi talabasi No’monov Muhammadyusufning “Loyihalash texnologiyasi“ fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi - Fargona Politexnika instituti mexanika mashinasozlik fakulteti MST va A guruhi talabasi No’monov Muhammadyusufning “Loyihalash texnologiyasi“ fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi
Bajardi : Nomonov M Qabul qildi : G’ofurov A
Loyihalash texnologiyasi. Reja : - Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda
- Loyihada koʻzda tutilgan faoliyatning ustunligi
Loyihalash — moʻljallangan obyektlar (apparat va asboblar, bino va inshootlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi. - Loyihalash — moʻljallangan obyektlar (apparat va asboblar, bino va inshootlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi.
- U ilmiy tadqiqot ishlari, iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi, chizmalar asosida koʻpincha obyekt (bino, mashina va boshqalar)ning maketi tayyorlanadi. Biror bir obyektni individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy tartibda) L. mumkin. L.ni maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar amalga oshiradi. Bular sohalar boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi. Biror obyektni L.da standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy hujjatlardan keng foydalaniladi.
Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda. - Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda.
- Buning uchun oʻquvchilarga oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini amaliyotga qoʻllash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yoʻllarini koʻrsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻliq holda oʻqitish lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda oʻquvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik muammolarni avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikmalarini amaliyotga qoʻllab hal etish orqali yangi bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtiradilarLoyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik boʻlgan muammoni hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishdir.
-
Agar nazariy muammoni loyihalash lozim boʻlsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo boʻlsa, amaliyotga qoʻllash masalasi boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. - Agar nazariy muammoni loyihalash lozim boʻlsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo boʻlsa, amaliyotga qoʻllash masalasi boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim.
- Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi: oʻrganilayotgan bilim, koʻnikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman. Bu gʻoya oʻquvchilarning fan asoslarini ongli oʻzlashtirishlari, hayotga moslashishlari va moʻljalni toʻgʻri olishlariga yordam beradi. Biologiyani oʻqitishda oʻqituvchi loyihalash texnologiyasidan oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda oʻquv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur.
Loyihada koʻzda tutilgan faoliyatning ustunligiga koʻra: - Loyihada koʻzda tutilgan faoliyatning ustunligiga koʻra:
- tadqiqot xarakteridagi loyihalar; rolli loyihalar; ijodiy xarakterdagi loyihalar; amaliy xarakterdagi loyihalar;
- izlanish va moʻljal olishga moʻljallangan loyihalar.
- Loyihalarning predmeti va mazmuniga koʻra:
- bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar;
- fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalar.
- Loyihalar xarakteriga koʻra:
- aniq natija olishga moʻljallangan loyihalar;
- koʻp yoʻnalishli natija olishga moʻljallangan loyihalar.
- Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra:
- yakka tartibdagi loyihalar;
- ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar;
- oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.
Loyiha koʻlamiga koʻra: - Loyiha koʻlamiga koʻra:
- bir sinf oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;
- maktab oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;
- shahar miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;
- mamlakat miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;
- dunyo miqyosida hal etilishi
moʻljallangan loyihalar. - Loyiha muddatiga koʻra:
- qisqa muddatli;
- uzoq muddatlilarga ajratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar - Babakov V.F , Andreyev O.V “Loyihalash asoslari“ 1-2 qism.
- ”O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Toshkent nashriyoti 2005-yil.
|
| |