|
Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini shakllantirish reja
|
bet | 2/5 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 41,19 Kb. | | #126071 |
Bog'liq 9-мавзу (3)Taqsimlanmagan foyda. Bu hisobvarag’ bankning butun faoliyati davomida olgan foydasining taqsimlanmagan qismini hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. O’z ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi: yillik, sof foyda, boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholanganda qo’shimcha qiymat. Bank kapitalining 3 ta asosiy funksiyalarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin. Bular: himoya, operativlik va tartibga solish funksiyalaridir. Bank omonatlari manfaatlarini himoya qilish bankning o’z kapitalining asosiy funksiyasi bo’lib xizmat qiladi. Chunki, bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi. Bundan tashqari bank kapitali aksionerlar risklarini kamaytiradi.
Himoya funksiyasi zarar ko’rish xavf tug’ilganda aktiv rezervlar shakllantirish yo’li orqali bankning to’lov qobiliyatini saqlab qolish, mabodo bank tugatilganda omonatchilarga kompensatsiya to’lash imkoniyatini beradi. Bu esa, o’z navbatida, bankning keyingi faoliyat ko’rsatishiga keng yo’l ochib beradi. Lekin, shuni e’tiborga olishimiz kerakki, tijorat banklari ko’pgina korxonalardan farqli o’laroq o’zlarining to’lovga qobiliyatligini joriy bank daromadi hisobiga ta’minlaydilar va faqatgina zararning bir qismi kapital hisobiga qoplanadi.
Kapital o’ziga xos himoya yostig’i rolini o’ynab, yirik ko’zda tutilmagan xarajatlar sharoitida bankka o’z operatsiyalarini davom ettirish imkoniyatini beradi. Shu kabi chiqimlarni moliyalashtirish uchun bankning o’z kapitali ichiga kiruvchi turli xil rezerv fondlar mavjud. Lekin, mijozlarning ssudalarni ommaviy qaytarilmasligi yuz berganda, zararni qoplash uchun aksionerlik kapitali bir qisminigina ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bank o’z kapitalining mavjudligi uning imkonligi va likvidligining birinchi shartidir.
Bank o’z kapitalining himoya funksiyasiga qaraganda operativlik funksiyasi ikkinchi darajali hisoblanadi. U bankning o’z mablag’larini yer, bino, inshoot, jihozlarni qoplash uchun moliyaviy rezervlarni shakllantirishga ajratilishni o’z ichiga oladi. Bu moliyaviy resurslar manbai bank ishi faoliyatining birinchi bosqichlarida, ta’sischilar bilan bir qatorda birinchi navbatdagi xarajatlarni amalga oshirishlarida juda keraklidir. Bank rivojlanishining keyingi bosqichlarida bank kapitalining roli muhim bo’lib, bu mablag’larning bir qismi to’g’ri rezervlarni tashkil qilish uchun uzoq muddatli aktivlarga sarflanadi. Garchi zararni qoplashning asosiy manbai foyda jamg’arish bo’lsa ham zararni qoplash uchun yangi aksiyalar chiqarishadi yoki uzoq muddatli qarz olinadi.
Bankning o’z kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank kapitali ko’rsatkichi yordamida davlat organlari bank faoliyatiga baho beradilar va nazorat qiladilar. Odatda, bank o’z kapitaliga uning minimal miqdori, aktivlar me’yori va boshqa bank aktivlarini sotib olish shartlari bo’yicha talab qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlar, asosan, bankning o’z kapitali hajmidan kelib chiqadi. Tartibga soluvchi funksiyaga kapitalni ssuda va investitsion operatsiyalarni chegaralash maqsadida ishlatish ham kiradi.
Bankning ustav fondini o’zgarishi ustav fondi miqdorining oshirilishi va kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Bankning ustav kapitali qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko’tarish yo’li bilan oshirilishi mumkin.
Bank ustav kapitali aksiyalar kapital qiymatini pasaytirish yoki aksiyalar umumiy sonini qisqartirish, jumladan, keyinchalik ularni to’lash sharti bilan sotib olish orqali kamaytirilishi mumkin. Agar bank ustavida ko’zda tutilgan bo’lsa aksiyalarni bir qismini sotib olish va ularni to’lash yo’li bilan bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat beriladi. Agar kamaytirish natijasida ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa, bank ustav kapitali miqdorini kamaytirishga ruxsat berishmaydi. Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda aksiya narxi va yangi nominal qiymat o’rtasidagi farq aksiyadorlarga qaytariladi. Ustav kapitalini kamaytirish uchun tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish deportamentiga iltimosnoma va ustav kapitalini kamaytirish to’g’risida aksiyadorlar umumiy yig’ilishning qarori topshiriladi. Rozilik bir oy muddatda beriladi. Ustav kapitalining kamaytirilishi yoki oshirish omonatchilar manfaatlariga va bank moliyaviy ahvoliga xavf solsa yoki bir aksiyador ulushi belgilangan normadan oshib ketsa, Markaziy bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat bermaydi.
Markaziy bank o’z xulosasini asoslangan holda bir oy ichida yozma ravishda tijorat bankiga yuboradi. Shuni aytish kerakki, bank kapitalining asosiy maqsadi – riskni kamaytirish va kapitalning moliyaviy resurslar bozoriga kirish yo’lini ta’minlashdadir. Bank kapitali operatsion xarajatlarni moliyaviy bozorlarga erkin kirib borishini ta’minlash orqali kamaytiradi. Bank kapitali doimiy manbalardan odatdagi stavkalarda qarz olishga imkon beradi.
Katta miqdordagi kapital bankning barqaror obro’sini va omonatlar ishonchini ta’minlaydi.
Yuqorida aytilgan bankning o’z kapitalining funksiyalaridan xulosa qilib aytsak, bankning o’z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U bank mustaqilligini va turli risklar bo’yicha salbiy oqibatlarni oldini olish bo’lib, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.
|
| |