Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini shakllantirish reja




Download 41,19 Kb.
bet3/5
Sana21.12.2023
Hajmi41,19 Kb.
#126071
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-мавзу (3)
Зайтун.........манба, SAMAIDDIN WEB, Instruction uz
2. Kapital qiymatini baholash
Kapital bahosi aniqlash, bu birinchidan, tijorat tashkilotining uzoq muddatli holatini xarakterlaydi, ya’ni kompaniyaning o’z kapital bahosi uning potensial investorlar tomonidan mablag’ jalb qilinishi darajasini ko’rsatadi; ba’zi bir qarz mablag’larining bahosi kapitalining uzoq muddatli kapital jalb qilish imkoniyatini ko’rsatadi. (bu narsa tushunarli hol, masalan, «obligatsion qarz» manbasining summasi turli firmalar uchun turlichadir, chunki bu tabiiyki, daromadlilik va foydaga ta’sir ko’rsatadi). Ikkinchidan, firma kapitalining o’rtacha tortilgan bahosi kapital mablag’lar byudjetini tuzishda asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Keltirib o’tilgan mablag’lar manbasining bahosi turlichadir, shuning uchun tijorat tashkilotining kapital bahosi o’rtacha arifmetik tortilgan formula asosida topiladi. Ko’rsatkichlar yillik ma’lumotlar bo’yicha foizlar ko’rinishida hisoblanadi. Hisob-kitoblarda asosiy qiyinchilik konkret mablag’lar manbaidan olingan kapital bahosi birligini hisoblashda yuzaga keladi. Ba’zi manbalar uchun uni hisoblash juda oson (masalan, bank krediti bahosi), ba’zi bir manbalar uchun juda qiyin, ya’ni aniq hisoblash deyarli mumkin emas. Shunga qaramasdan tijorat tashkilotining kapital bahosini taxminan bilish, uni faoliyatiga mablag’larni avanslashtirish samaradorligini tahlil qilishda foyda bergani kabi o’z investitsion siyosatini amalga oshirishda ham yordam beradi.
«Kapital baho»si ko’rsatkichining iqtisodiy interpritatsiyasi yetarlicha aniqdir. U ma’lum manbadan jalb qilingan kapitalning bir birligi uchun qanday summani to’lash kerakligini ko’rsatadi. Biz bu yerda «kapital bahosi»ning o’ziga xos kategoriyasiga duch kelamiz. Agar oddiy tovar munosabatlari uchun bahosi ba’zi bir mutloq bahoni ifoda etsa, ya’ni bitta kelishilgan summani sotib oluvchi to’lashi kerak. Mablag’larning ba’zi manbalari munosabatida esa ya’ni sotuvchi va sotib oluvchi holatida baholar tangligi ma’lum ma’noda buziladi, masalan, ya’ni bankdan kredit olar ekan tashkilot kelishilgan foizlarni to’lab borishga majburdir. Bu foiz kreditor pozitsiyasida, ya’ni kredit oluvchi pozitsiyasidan ko’rsatilgan xizmat uchun olinadigan summa o’z bahosidan ko’pdir. Ba’zi bir hollarda kredit oluvchi olgan krediti real bahosi nominal bahosidan kam bo’ladi.
Moliyaviy menejer o’z kompaniyasi kapital bahosini juda ko’p sabablarga ko’ra bilishi lozim. Birinchidan, o’z kapital bahosi kompaniya faoliyatiga resurslar qo’ygan investorlarga qaytimni ifodalaydi va o’z kapitalining bozor bahosini aniqlash uchun (masalan Gordon modeli yordamida), kutilayotgan foydani o’zgarishiga bog’liq holda (aksiya) firma aksiyalari bahosi o’zgarishidan yuzaga keladigan tushumlar va dividendlarni bashorat qilishda zarur bo’ladi. Ikkinchidan, qarz mablag’lari bahosi to’lanadigan foizlar bilan umumlashtiriladi. Shuning uchun kapital jalb qilishning mumkin bo’lgan bir necha variantidan eng yaxshisi tanlab olinishi kerak. Uchinchidan, bir qancha omillarni (hisobga olish va tanlab) amalga oshirish
natijasida firma bozor bahosining maksimallashishi barcha ishlatilayotgan mablag’lar bahosining minimallashtirish hisobiga erishish mumkin bo’lgan boshqaruv personallari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. To’rtinchidan, kapital bahosi investitsion loyihalarni tahlil qilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Bank ssudalari va qarzlari, obligatsion qarzlar, imtiyozli aksiyalar, oddiy aksiyalar, taqsimlanmagan foyda, ya’ni bu manbalardan har biri turlicha bahoga ega, lekin, uni shakllantirish mantiqi bir xil va umumiy ko’rinishda moliyaviy resurslarning bu tipiga bo’lgan talab va taklifning muvozanati modeli ko’rinishida ifodalanishi mumkin.
Keltirib o’tilgan rasm oson va aniq interpritatsiyaga ega. Kapital bozorning muvozanati holatida manba bahosi bu bozor qatnashchilarining o’zaro aloqalari natijasida stixiyali tarzda o’rnatiladi. AV egri chiziq mazkur tipdagi kapitalda takliflarni ko’rsatadi: taklif qanchalik yuqori bo’lsa, narx shunchalik past bo’ladi va uni potentsial foydalanuvchilar to’lashga rozi bo’ladi. CD egri chiziq talab egri chizig’i u taklif egri chizig’iga umuman qarama-qarshidir. Egri chiziqlar kesishish nuqtasida yuzaga keladigan kapital bahosi darajasi kapital bozorida mazkur vaqtda o’rnatilgan optimal yechimdir.
Qarz kapitalining asosiy elementlaridan biri bank ssudalari va korxona tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar hisoblanadi. Birinchi element bahosi foydaga soliq hisobga olingan holda ko’rib chiqilishi kerak. Normativ hujjatlarga muvofiq bank ssudasidan foydalanganlik uchun to’lovlar mahsulot tannarxida ko’rsatiladi.
k a
Shuning uchun mablag’larning bunday manbasining bir birligining bahosi ( 1 ) bankka to’lanadigan foizga qaraganda kamroq.

Download 41,19 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini shakllantirish reja

Download 41,19 Kb.