Jurnalni rivojlantirish uchun qo‘shimcha tavsiyalar




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/142
Sana14.09.2024
Hajmi3 Mb.
#271075
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142
Bog'liq
1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

Jurnalni rivojlantirish uchun qo‘shimcha tavsiyalar
1.Web of Science Core Collection ro‘yxatidagi jurnallarda 
maqolalari chop etilib, yuqori xalqaro reytingga ega xorijlik olimlardan 
iborat tahrir kengashini jalb qilish muhim. WOSdagi nashrlar iqtibosligi 
tahlili sizning jurnalingiz uchun sohaning yetakchi mutaxassislari 
haqida ma’lumot olishga yordam beradi.
2.Mazkur ixtisoslik bo‘yicha Web of Science Core Collection 
ma’lumotlar bazasiga kirgan jurnallar bilan solishtirish, ularni tahlil 
qilish maqsadga muvofiqdir. Asosiy e’tibor, Journal Citation Reports 
ma’lumotlar bazasiga kirgan ilmiy jurnalning sonli ko‘rsatkichlariga 
hamda impakt-faktoriga qaratilishi lozim. 
3.Tajriba shuni ko‘rsatadiki, xalqaro kollektiv hammualliflikda 
yozilgan maqolalar, mahalliy hammualliflikda yozilgan maqolalarga 
nisbatan ko‘proq foydalanilib, iqtibosligi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun 
maqolalarni yozishda, boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlarini jalb 
etgan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish - muvaffaqiyat garovidir. 
 
4.Jurnalning ingliz tilidagi versiyasini chop etish tavsiya etiladi. 
Ikkita versiyasini chop etish yoki faqat ingliz tilida chop etish lozim. Bu 
ayniqsa, o‘z jurnallarini xalqaro miqyosga ko‘tarmoqchi bo‘lgan 
nashriyotlar uchun taalluqli. 
 
5.Jurnalning barcha maqolalari uchun obyektning raqamli 
identifikatorini (DOI, digital object identifier) qo‘llash tavsiya etiladi. 
Bu haqida to‘liq axborotni 
https://www.doi.org
/ saytidan olish mumkin. 


164 
Obyektning raqamli identifikatori - GOST R ISO 26324-2015 tarmoqda 
taqdim etilgan ob’ekt haqidagi axborotni belgilash standarti hisoblanadi.
DOI elektron hujjatdagi mavjud axborot, uning qayerda joylashuvi 
ko‘rsatkichi (masalan, URL), uning nomi (nomlanishi), obyektning 
boshqa identifikatorlari (masalan, ISBN kitobning elektron shakli 
uchun) va ma’lumotlarni tavsiflash bilan bog‘liq (metama’lumotlar) 
tuzilgan va kengaytirilgan shaklda aks etadi. DOI ilmiy muhitda olimlar 
o‘rtasida ma’lumot almashish uchun qo‘llaniladi. Mohiyatiga ko‘ra, DOI 
- bu hujjatdan zarur axborotni olishdagi umumiy axborot-virtual 
muhitidagi (Internetda) yo‘l deb tushunish mumkin.

Download 3 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnalni rivojlantirish uchun qo‘shimcha tavsiyalar

Download 3 Mb.
Pdf ko'rish