162
2.Jurnalni chop etish davriyligi.
Chop etilish davriyligiga qat’iy
amal qilish. Jurnalni chop etilish, elektron shaklini yuborilish
muddatlarining cho‘zilishi jurnalni ma’lumotlar bazasidan jurnalni
chiqarib tashlanishiga olib keladi.
Xalqaro
ilmiy
hamjamiyatda
qiziqarli
bo‘lgan mavzu
(ixtisoslik).
Aniq ifodalangan ilmiy mutaxassisliklarga ega bo‘lgan
jurnallar afzallikka ega. U jurnalni nomlanishida, uning tavsifida, chop
etilgan maqolalarda aks etishi lozim.
Xalqaro tahririyat tuzilishi
. Tahrir hayati a’zolari haqidagi
ma’lumot jurnal vebsaytida aks etishi lozim. Tahrir hayati a’zolarining
ko‘pchilik qismi bir ilmiy tashkilot yoki o‘quv muassasasidan
bo‘lmasligi kerak. Bu kriteriy eng muhim va murakkab hisoblanadi.
Aksariyat nashriyotlar ilmiy jurnallarga taqrizchi sifatida mashhur
olimlarni jalb etmaydilar. Bu asosan ularning mehnatlariga, maqolalarni
tahlil qilgani uchun yetakchi taqrizchilarga haq to‘lash xarajatlari bilan
bog‘liq. OTMlarga xorijlik taqrizchilar uchun budjetdan mablag‘ ajratish
masalalarini ko‘rib chiqishlari lozim.
3.Tahrir hayati xalqaro etik normalarga amal qilishi lozim.
Mualliflar va taqrizchilar bilan
o‘zaro munosabat jurnalning vebsaytida
aks etishi lozim. Jurnalning kitobxonlar, mualliflar, taqrizchilar uchun
ochiqligi nashrning nufuzini oshiradi, bu esa o‘z navbatida, nufuzli
olimlarni jurnalda o‘z ilmiy ishlarini chop ettirish ko‘lami ortishiga
sabab bo‘ladi.