Ilmiy maqolalar, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/142
Sana14.09.2024
Hajmi3 Mb.
#271075
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142
Bog'liq
1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

6.2. Ilmiy maqolalar, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish 
masalalari 
Ilmiy 
maqola 
tadqiqotchining 
ilmiy 
yutuqlarini 
asosiy 
indikatorlaridan biri hisoblanadi. Iqtiboslik esa mazkur ilmiy ishlarning 
indikatoridir. Shuning uchun maqolani chop etishda, qayerda chop etish 
bo‘yicha aniq qarorga kelish juda muhimdir. Bu o‘z navbatida chop 
etish uchun to‘lanadigan badal, chop etish muddatlari, taqrizlash kabi 
ko‘rsatkichlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Respublikamizda bugungi kunda xorijiy ilmiy jurnallarda moqolalar 
chop etish faoliyatining sustligining quyidagi asosiy muammolarini qayd 
etish mumkin:
1.Yosh olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlarning o‘z 
ilmiy ishlarini chop etish manbalarini, ro‘yxat va manzillarini, ilmiy 
ishlarini qayerga yuborish, murojaat qilishni bilmasligi;
2.Ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha bilimlarining past darajada 
ekanligi, maqolani chop etish bo‘yicha talablar, aniq standartlar borasida 
ko‘nikmalarga ega emasligi; 
3.Maqolalarni tayyorlash madaniyati va etikasiga ega emaslik, 
matnlarni yozishda mualliflik huquqi kabi tushunchalarni bilmaslik 
kabilardir. 
So‘nggi yillarda horijiy ilmiy jurnallar va ma’lumot bazalariga 
ommaviy obuna bo‘lish yo‘lga qo‘yildi, biroq mazkur xorijiy ilmiy 
adabiyotlarni o‘qish, ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar 
shakllanmaganligi ayon bo‘ldi. EBSCO Information Services ma’lumot 
bazalari va Web of Sceince analitik tizimi kabi qimmatli ma’lumot 
bazalariga obuna bo‘linsada, ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarining 


159 
doktorantlari, magistrantlari, o‘qituvchilari, tadqiqotchilari mazkur 
resurslardan qanday foydalanish malakasiga ega emaslar. 
Ma’lumki, ilmiy adabiyotlarni o‘qish orqali jurnallar uchun ilmiy 
maqolalar yozish, chop etish borasida bilimlarga ega bo‘lishadi. Shu 
jihatdan, ilg‘or ilmiy jurnallarni o‘qish darajasini ko‘tarish orqali 
xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish darajasini ko‘tarishimiz 
muqarrardir.
Ishni nimadan boshlash kerak? Mavzu bo‘yicha ilmiy moqola chop 
etish uchun eng maqbul jurnallarni qanday topish mumkin? Maqolalarni 
rasmiylashtirish talablarini qayerdan olish mumkin? Tadqiq etilayotgan 
mavzu bo‘yicha hamkorlarni qanday topish mumkin?
Bu kabi savollarga tahliliy axborot tizimlari javob berishi mumkin. 
Tahliliy ma’lumot bazalari (yoki tahliliy axborot tizim) oddiy ilmiy 
axborot resurslarining ma’lumot bazalaridagi manbalarning (jurnal, 
maqola, kitoblar va boshq.) iqtibosligi haqidagi qimmatli tahliliy 
axborotga egaligi bilan ajralib turadi, shuningdek, muallif va 
tashkilotlarning fanga qo‘shayotgan hissalarini impakt-faktor, Xirsha 
indeksi asosida maxsus qidiruv vositalari orqali reytingni aniqlaydi.
Bunday axborot tizimlari muhim tahliliy funksiyalarni bajaradi:
1.Eng ko‘p murojaat qilingan, iqtiboslik keltirilgan, tabiiyki, yuqori 
ilmiy qiymatga manbalarni (jurnallar, kitoblar, hisobotlar va boshq.) 
aniqlash va ajratish;
2.Ko‘pgina ilmiy nashrlar o‘zlarining ilmiy jurnallarining reytingini 
oshirish va sifatini ko‘tarishga, kuchli mualliflarni jalb qilish orqali 
bunday ma’lumot bazalari ro‘yxatiga tushishga harakat qiladilar;
3.Yosh tadqiqotchilar o‘z tadqiqotlarini amalga oshirishda ilmiy 
rahbarlarni (supervayzerlar) o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan olimlar 
ro‘yxatidan topishlari mumkin;
4.Tadqiqotchilar ilmiy tadqiqotlarda to‘g‘ri yo‘nalishni tanlashda 
dunyo miqyosidagi kashfiyotlar, ilmiy ishlarning rivojlanishini 
kuzatishlari mumkin.

Download 3 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ilmiy maqolalar, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish

Download 3 Mb.
Pdf ko'rish