155
me’morchilik tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga kasb etadi.
To‘plam o‘lka hayotini batafsil, barcha ikir-chikirlarigacha,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot holati bilan ishlab chiqarish kuchlari, boy
resurslaridan tortib, o‘lkada istiqomat qiluvchi xalqlarning tarixiy
o‘tmishi, turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari harbiy voqealar, istilolar
va xaloskorlik urushlarigacha o‘rganish hamda mashhur geograflar,
etnograflar, tarixchilarning, jumladan N.M. Prjevalskiy, I.V. Mushketov,
N.A. Seversov. N.A. Maev, V.F. Oshanin, A.P. Fedchenko va
boshqalarning tadqiqotlari va ilmiy ekspeditsiyalarining yozma
materiallari bilan tanishish imkonini beradi. To‘plamni o‘rganish XIX
asr oxiri va XX boshlaridagi Sharq taraqqiyotining muhim bosqichlari
va tamoyillarini tushunishga yordam beradi. To‘plamda keltirlgan
ma’lumotlar O‘rta Osiyo va unga qo‘shni mamlakatlarni o‘rganishdagi
noma’lum jihatlarni to‘ldirishi mumkin.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Milliy Kutubxonasida respublikada
himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlar va mustaqillik yillarida nashr
etilgan oynoma, gazetalar va h.k.ning turli ma’lumotlar bazasi
yaratilmoqda. Manba:
www.natlib.uz
.