148
9-rasm. KiberLeninka sayti interfeysi.
ROAD
– 2013-yil dekabr oyidan ishlay
boshlagan ochiq ilmiy
resurslar katalogi. ROAD o‘zida jurnallar,
konferensiya materiallari,
monografiyalarni mujassamlashtirgan. Resurslarning ko‘p qismini ilmiy
tadqiqot ishlari tashkil etgani uchun ROADdan asosan taqiqotchilar,
olimlar foydalanadilar.
DSpace@MIT
- Massachusets texnologiya instituti ochiq resurslari.
Unda 60000
dan ortiq maqolalar, dissertatsiyalar va boshqa sohalar
bo‘yicha resurslar ochiq foydalanishga qo‘yilgan. Ma’lumot
bazalarining
ko‘p
qismi matematika, fizika va kompyuter
texnologiyalariga oiddir.
149
10-rasm. DSpace@MIT sayti interfeysi.
Khan Academy
- matematika, fizika, biologiya, astronomiya, tabiiy
fanlar va boshqa sohalar bo‘yicha ochiq videomateriallarga ega bo‘lgan
jahondagi yirik akademiyalardan biridir.
Bu akademiyaning ochiq
resurslari tufayli o‘quvchilarga ma’ruzalarni uyda tinglab,
laboratoriya
mashg‘ulotlarini sinf xonalarida bajarish imkoniyati yaratib berilgan.
11-rasm. Khan Academy sayti interfeysi.
150
Coursera
- bu jahondagi yetakchi universitetlar o‘quv kurslarining
onlayn foydalanishga qo‘yilgan resurslar to‘plami. Ta’lim materiallari
tarkibiga videokolleksiyalar,
elektron kitoblar, uy vazifalari, testlar,
imtihon savollari kiritilgan.