National Institutes of Health (
NIH
)
fondining bu boradagi yechimlari diqqatga sazovor bo‘lib, uning yillik
budjeti 28.9 milliard amerika dollarini tashkil qiladi. NIH tomonidan
moliyalashtiriluvchi tadqiqotlar haqidagi maqolalar chop etilgandan
keyin 12 oydan kechiktirilmay ODga hamda taqriz beruvchi jurnallarga
joylashtirilishi kerak.
Garvard universitetining Arts and Sciences fakultetida ochiq
nashrlarga nisbatan alohida talablar qo‘yilgan:
xodimlar jurnalga bergan maqolalaridan nusxasini institutsional
repozitariyga depozit qilishlari zarur.
mazur maqolalarga Internet orqali ochiq kirish huquqi avtomatik
ravishda universitetga o‘tkaziladi va universitet litsenziyasi beriladi.
Xodimlarning o‘zlari ham tadqiqot natijalari zudlik bilan
tarqalishini istaydilar.
Xitoyda ochiq jurnallar
www.oaj.cas.cn
repozitoriysi Fanlar
Akademiyasi va Milliy ilmiy kutubxona tomonidan homiylikka olingan.
U 105 ta jurnal, 426000 dan ortiq maqolaga ega va aholini ilmiy
yagiliklar, anjumanlar, islohotlar va boshqa yangilik hamda ma’lumotlar
bilan ta’minlab turadi.
Milliy ilmiy kutubxona shuningdek
http://www.open-access.net.cn/
ochiq foydalanish portalini qo‘llab-quvvatlab turadi.
Ochiq foydalanish Jurnallar Direktoriysi
(
http://www.doaj.org
)
6000 ga yaqin ilmiy va ma’rifiy to‘la matnli jurnallarni o‘z ichiga oladi.
141
Boshqa ommabop ilmiy-marifiy resurslarga quyidagi saytlar orqali
kirish mumkin:
http://www.opendoar.org/
http://www.base-search.net/
http://cnx.org/
http://ocw.mit.edu/index.htm
https://www.khanacademy.org/
https://p2pu.org/en/
http://www.jorum.ac.uk/
http://www.merlot.org/merlot/index.htm
http://www.ndlr.ie/
http://www.ocwconsortium.org/
http://www.oercommons.org/
http://www.open.edu/openlearn/
http://videolectures.net/
Uch dastur - HINARI (Health InterNetwork Access to Research
Initiative – sog‘liqni saqlash sohasi uchun), AGORA (Access to Global
Online Research in Agriculture – qishloq xo‘jaligi sohasida) va OARE
(Online Access to Research in the Environment - atrof-muhitni himoya
qilish bo‘yicha) 100 dan ortiq rivojlanayotgan mamalakatlar uchun
sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni himoya qilish
sohalarining elektron ilmiy-marifiy resurslarga ochiq kirish imkoniyatini
ta’minlaydi. Har uchala dastur ham 2015-yilgacha o‘z xizmatlarini
ko‘rsatish majburiyatni olganlar.
HEALTH
INTERNETWORK
ACCESS
TO
RESEARCH
INITIATIVE
[http://www.who.int/hinari
] Butunjahon Sog‘liqni saqlash
tashkiloti (World Health Organization (WHO) tomonidan
Yale
universiteti kutubxonasining texnik ko‘magi yordamida rivojlanayotgan
mamlakatlarga
biotibbiyot
va
sog‘liqni
saqlash
sohasidagi
adabiyotlarning ulkan kolleksiyalariga kirish imkoniyatini ta’minlab
berish maqsadida tashkil etildi. U asosan 107 ta rivojlanayotgan
mamlakat tibbiyot xodimlari uchun nodir materallar sifatida xizmat
qiladigan 3750 dan ortiq jurnallar nomlaridan iborat.
AGORA (ACCESS TO GLOBAL ONLINE RESEARCH IN
AGRICULTURE)
[http://www.aginternetwork.org
]
BMTning
Ovqatlanish va Qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan Cornell universiteti va
Mann kutubxonasi hamda yirik nashriyotchilar hamkorlikda 2003-yili
107 ta rivojlanayotgan mamlakatni ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi, atrof-
142
muhit, ijtimoiy fanlar bo‘yicha adabiyotlar (958 jurnal nomlari) bilan
ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
OARE
(ONLINE
ACCESS
TO
RESEARCH
IN
THE
ENVIRONMENT)
[http://www.oaresciences.org
], 2006-yilda ta’sis
etilgan xalqaro konsorsium BMTning (UNEP) atrof-muhit bo‘yicha
dasturi,
u
Yale
universiteti kutubxonasi va Forestry and Environmental
Studies maktabi hamda ilmiy va texnik adabiyotlarning yetakchi
nashriyotchilari bilan birgalikda tuzildi. Dastur 2006-yildan buyon 70
mamlakat uchun 1300 ilmiy jurnallardan foydalanish imkonini beradi.
2008-yildan yana 37 mamlakat uning obunasiga qo‘shildi.
h
ttp://Arxiv.Org/
portali fizika, matematika, kompyuter fanlari,
miqdoriy biologiya va statistika kabi sohalar bo‘yicha 490000 maqolaga
ochiq kirish imkoniyatnini ta’minlaydi. Barchaga ma’lum Astrophysical
Journal oynomasidagi 72% maqola ochiq arxivlarda chop etilgan
(asosan Arxivda). Shunisi qiziqki, ana shu 72% maqolalar qolgan 28%
iga qaraganda, o‘rta hisobda ikki baravar ko‘proq havolalar keltirilar
ekan. Ularning to‘liq matnli versiyalari ochiq kirish imkoniyatiga ega
emas. Arxivda ochiq kirishda turgan yadro fizikasi sohasidagi 32%
maqolalardan havola keltirishlar 78% ni tashkil qiladi.
SOAP (Study of Open Access Publishing) loyihasi bo‘yicha
Yevrokomissiyaning Yettinchi Ramkali Dasturi 2009-yildan 2011-
yilning fevraligacha ilmiy-ma’rifiy resurslarga ochiq kirishning foydasi
va muammolari haqida tadqiqotlar olib bordi. Bunda 40000 yaqin
tadqiqotchilar (ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, aspirantlar va h.k.)
so‘rovdan o‘tkazildi.
So‘rovnoma 23 masala bo‘yicha maxsus Survey Monkey tools
dasturi orqali onlayn amalga oshirildi. Ochiq foydalanish (Open Access
- OA)ning qaysi ko‘rsatkichidan ko‘proq foyda bo‘ladi degan savolga,
36%
respondent
ilmiy
kooperatsiya,
xalqaro
ma’lumotlar
almashinuvidan deb javob berishdi. Shulardan 20%i moliyaviy
yechimlar, OAning arzonligidan, qimmatli ilmiy-ma’rifiy axborotni
tekin olish imkoniyatidan ko‘proq foyda bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.
18% respondent OAning muhim belgilaridan biri – bu OAdan «ijtimoiy
ne’matlar» (общественные блага)ni taqdim etish, ya’ni mamlakatlar va
ijtimoiy qatlamlarning resurslarga teng huquqli kirish imkoniyatini bera
olishi deb e’tirof etdilar. So‘ralganlarning 10%, ya’ni individumlar,
tadqiqotchilar OAda o‘z materiallarini e’lon qilishdan foyda
ko‘radiganlar bo‘lib, ularning ishlari ommabop bo‘lgani bois, ulardan
tez-tez sitatalar keltirishadi, turli loyihalarda ishtirok etganliklari uchun
143
ma’lum bonuslarga ega bo‘lishadi. 9% respondent fikricha, OAga har
qanday joyda, agar u onlayn bo‘lsa, kerakli ochiq axborotga maxsus
ruxsatlarsiz yoki ma’lumotlarni olish uchun maxsus muassasalarga
bormasdan ega bo‘lish mumkin va aynan shunda OAdan ko‘proq foyda
bo‘ladi.
|