144
rivojlantirish istiqbollaridan biri - ta’lim jarayonida zamonaviy axborot
texnologiyalaridan oqilona foydalanish, jahon axborot resurslaridan
foydalanish sifatini yanada oshirishdir.
Jahon ta’lim sohasida ko‘plab islohatlar olib borilmoqda. Turli xil
masofaviy ta’lim tizimlarining joriy qilinishi, elektron ta’lim resurslari,
shu jumladan, ochiq elektron ta’limiy resurslarning taqdim etilishi,
shubhasiz, jahon ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
2001-yil jahon miqyosida ochiq ta’limiy resurslar Massachusetc
texnologik institutining (MIT) Open Source Ware
1
loyihasi orqali
yoyildi. Buning natijasida «ochiq kontent», «ochiq ta’limiy kontent»,
«ochiq ta’limiy resurslar», «ochiq ta’lim texnologiyalari» kabi bir qator
tushunchalar adabiyotlarda, virtual va real bahslarda uchray boshladi.
Biroq, bugungi kunda keng tarqalgan «ochiq ta’limiy resurslar» atamasi,
2002-yil YUNESKO tomonidan tashkil etilgan rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun ochiq ta’lim tizimlari Xalqaro Forumida qo‘llanildi.
Bu Forumning maqsadi foydalanuvchilarga ochiq resurslardan qanday
foydalanishni targ‘ib etishdan iborat edi. 2010-yildan boshlab ochiq
resurslar ingliz tilida so‘zlashmaydigan boshqa mamlakatlar orasida ham
keng targ‘ib etila boshlandi.
Ochiq ta’limiy resurslar – bu erkin foydalanish uchun ochiq yoki
litsenziyalangan, lekin erkin foydalanish, qayta ishlash ruxsat etilgan
o‘quv yoki ilmiy resurslardir
2
. Ochiq resurslar o‘zida turli xildagi
ma’lumotlarni mujassamlashtirgan bo‘ladi. Ochiq elektron resurslar
tashkil etilgan tizimda undan qanday foydalanish, qidirish, resurslarni
qanday olish mumkinligi batafsil yoritilgan bo‘lishi lozim. Quyida
axborot resurslarining bozor ko‘rsatkichlarini keltirib o‘tamiz. Bu
ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim resurslarining ahamiyati tobora
oshib bormoqda (5-rasm).
1
http://ocw.mit.edu
2
Энди Лейн. Глобальные тенденции в развитии и использовании открытых образовательных ресурсов и их
роль в реформе образования//Аналитическая записка. - Москва: Институт ЮНЕСКО по ИТ в образовании,
2010,ноябрь. c.2.