|
OA publikatsiyalar yo‘lida qanday to‘siqlar mavjud?Bog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariOA publikatsiyalar yo‘lida qanday to‘siqlar mavjud?
Bu savolga
turli
ko‘rsatkichlar
bo‘yicha
quyidagicha
javob
berishdi:
so‘ralganlarning 39%i asosiy sabab nashrlardan olinadigan past
darajadagi
moliyaviy
foydada,
oliygohlar,
ITI
va
boshqa
tashkilotlarninig OAdagi nashrlar uchun yetarli darajada mablag‘
ajratmasliklarida deb hisoblaydilar. Respondentlarning 30%i OA
jurnallari odatda pulga beriladigan nufuzli jurnallar kabi obro‘ga ega
emas, deya hisoblaydilar. So‘ralganlarning 8%i ularning maqolalari
OAda chop etilishiga ishonmaydilar, ularda bunday tajriba yo‘q yoki
ularning sohalari bo‘yicha OA jurnallari mavjud emas, deydilar. 7%
respondentning OA oynomalari haqida yetarlicha ma’lumotga ega
bo‘lmaganligi tufayli OAda nashr qilish qiyin, deya fikrlaydilar.
Respondentlarning 4%i maqolalalarini bir xil oynomalarda chop
ettirishlarini va bu, odatga aylanganini hamda bu holning o‘zgarishini
istamasliklarini ta’kidlab o‘tdilar. 2% so‘ralganlar kelgusida o‘z
maqolalalrini OAda e’lon qilishlarini bildirishdi, 10%i esa boshqa
sabablarni keltirishdi.
Ochiq nashrlar uchun moliyalash manbalari ham muhim
ko‘rsatkichlardan biri. 28% respondentlarning ta’kidlashicha, ularning
tadqiqot
xarajatlariga
(grantlar,
maxsus
subsidiyalar,
xo‘jalik
shartnomalari va h.k.) bunday maqolalar qo‘shib smetaga kiritilgan.
31% respondentlar ajratilgan xarajatlarning bir qismini OAda chop etish
uchun maxsus mo‘ljallanmagan tadqiqotlarga sarf etganliklarini e’tirof
etganlar. So‘ralganlarning 24%i nashrlari uchun xarajatlarni institutlari
to‘laganligini aytganlar. 12% respondentlarning ta’kidlashicha, ularning
OAdagi nashr – ularining tashabbusi va shaxsiy harajatlari hisobidandir.
5% respondentlar boshqa sabablarni ko‘rsatishgan. Tahlildan yana shu
ham ma’lum bo‘ldiki, hozircha barcha nashrlardan faqat 8 - 10%igina
OA jurnallaridagi ilmiy jurnallarda e’lon qilinar ekan xolos.
|
| |