136
saqlagan holda muallifga havola berish imkonini beruvchi ommabop
Internet orqali tekin kirish» tushuniladi.
«Открытый доступ» (Ochiq foydalanish) harakatining o‘zi ilmiy
jurnallarning narxi keskin ko‘tarilab ketganligi bois paydo bo‘ldi. Bu o‘z
navbatida, ko‘pgina universitetlar, ITI, kutubxonalarning jurnallarga
obuna
bo‘lishdan voz kechishiga olib keldi. Statistikaning
ko‘rsatishicha, so`nggi paytlarda ilmiy jurnallarga obuna narxining
o‘sishi yiliga 10% gacha bo‘lgan ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. Bir
jiddiy ilmiy jurnalga yillik obunaning o‘rtacha narxi 1000 AQSH
dollaridan oshib ketmoqda. Kutubxonalar uchun ham davriy nashrlar
uchun obunaga o‘z budjetidan mablag‘ ushlab qolish qiyinlashib
bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar turlari va yangi ilmiy tadqiqot
yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, bilimlarning eksponensial o‘sishi
jurnallar
nomlarining
tez
ko‘payishiga
olib
kelmoqda.
Globalizatsiyaning umumiy chaqiriqlari va Internet tarqalishi ham jahon
bilimlar manbayiga kirishda teng huquqli imkoniyatlarni taqozo
etmoqda.
Mazkur harakatning maqsadi resurslar mualliflari va egalaridan
hamkasabalar tadqiqotlariga ilm-fan taraqqiyoti va bashariyatning butun
jahon taraqqiyoti uchun erkin kirish imkoniyatini rag`batlantirishlariga
erishishdan iborat.
Berlin Deklaratsiyasi «Internet ilmiy bilimlar va ijtimoiy fikrlarning
global bazasiga funksional birlashtirish vositasi»ga aylantirilishini e’lon
qildi, shu munosabat bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan ilmiy siyosat,
tadqiqot
institutlari,
qo‘llab-quvvatlovchi agentlik va fondlar,
kutubxonalar, arxivlar va muzeylar uchun mas`uliyatli chora-tadbirlarni
aniqlash zarurligini ta’kidladi. IFLA federatsiyasining ma’lumotlariga
ko‘ra, 300 ga yaqin universitet, ilmiy tadqiqot markazlari, ilmiy fondlar,
akademik va kutubxona assotsiatsiatsiyalari ochiq kirish bo‘yicha Berlin
Deklaratsiyasiga imzo chekdilar, butundunyo ta’lim va fan organlari
hamda siyosiy tashkilotlar davlat tadqiqotlariga ochiq kirish prinsiplarini
oshkora qo‘llab-quvvatladilar. Ochiq kirishga qo‘shilgan hissa original
ilmiy
natijalar,
birlamchi
ma’lumotlar va metama’lumotlarni,
boshlang‘ich materiallar, tasviriy va grafik materiallarni, raqamli
taqdimotlarini va ilmiy multimediyaviy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi.