139
3. Nashrning tezkorligi. Olimlarni doimo ortiqcha byurakratik
cheklovlarsiz va maxsus talablarsiz o‘z ishlarini nashr etuvchi jurnallar
jalb qilib kelgan.
4. Martaba yoki karyera uchun muhimligi (ilmiy karyera bo‘yicha
ko‘tarilishda, lavozim yoki attestatsiyani saqlab qolishda jurnalning
muhimligi). Ko‘pgina oliygohlar va ITI uchun xodimni attestatsiyadan
o‘tkazishda ham publikatsiyalar soni talab etiladi, ham ularning aynan
qayerda chop etilgani muhim hisoblanadi. Nashrlarning soni va joyi
lavozim bo‘yicha ko‘tarilishda ham katta ahamiyatga ega.
5. Jurnalning ahamiyatliligi (jamiyat uchun ahamiyatliligi).
Mualliflar o‘z maqolalarini chop etishda jurnal ilmiy jihatdan
ma’lumotlar yetkazishda qanchalik nufuzliligiga ham e’tibor qiladilar.
Bundan tashqari, jurnalning katta tirajda chiqishi, jamiyatga o‘tkaza
oladigan ta’siri jihatdan ham ahamiyatga ega bo‘lishi va boshqalar.