153
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy tadqiqot
institutlari, vazirliklar, jumladan Xalq Ta’limi vazirligining o‘quv va
o‘quv-metodik muassasalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
universitetlari, kollejlari portalning asosiy axboot manbalari hisoblanadi.
Resursni kiritish yoki yuklab olish uchun
www.ziyonet.uz
. portalida
avtorizatsiyadan o‘tish talab etiladi.
Respublikaning o‘quv muassasalari muntazam ravishda portalga o‘z
materiallarini kiritadilar. O‘z ma’lumotlarini kiritishdan avval hujjatlar
maxsus ekspertizadan o‘tkaziladi va muassasaning Ilmiy kengashida
tasdiqlanadi va shu qatorda material mazmuni uchun ma’sul
hisoblanadilar.
ZiyoNetdan tashqari respublikada erkin foydalanish uchun o‘z
nashrlarini berib borish imkoniyatiga ega yana boshqa ko‘pgina
tashkilotlar, kutubxonalar va ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalari
mavjud. O‘zbekiston milliy kutubxonasining
www.natlib.uz
sayti
axborot va kutubxona mavzulari bo‘yicha eng qiziqarli maqolalarni
yig‘adi va chop etib boradi. Hozirgi paytda Hukumat tomonidan qabul
qilingan dasturlar va direktivalar respublika axborot-kutubxona
tarmog‘ining rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Axborot-
kutubxona muassasalarining integratsiyasi bevosita yangi repozitoriylar
va ma’lumotlar bazasini yaratishga olib keladi.