• Kirish
  • Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati mundarija




    Download 61,57 Kb.
    bet1/9
    Sana13.05.2024
    Hajmi61,57 Kb.
    #230191
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati


    Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati

    MUNDARIJA:



    Kirish 2
    I.Bob.O‘qituvchi tarbiya jarayonida qo’llaniladigan metodlaridan 4
    1.1.Tarbiya texnologiyalarining mohiyati 4
    1.2.O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanishi mumkin: 8
    II.Bob.Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati 22
    2.1. Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida bo’lajak o’qituvchilarni ma’naviy axloqiy sifatlarini rivojlantirish 22
    2.2.Talabalar uchun darslarda qo`llaniladigan qulay hamda zamonaviy metod va texnologiyalardan foydalanish, amalda ularni tug`ri qo`llay olish 27
    Xulosa 33
    Foydalanilgan adabiyotlar: 34


    Kirish


    Zamonaviy jamiyatimizda bugungi kunda innovatsiya, innovatsion texnologiya kabi tushunchalar noaniq tushunchalar emas. Xuddi shular kabi innovatsion tarbiya texnologiyalari iborasi ham biz uchun yangilik emas. Pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalarni tarbiyaviyaviy faoliayatga tayyorlashda bu innovatsion tarbiya
    texnologiyalariga o‘rinli ravishda murojaat qilinmoqda. Ushbu murojaatdan ko‘zlangan maqsad shuki, innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash jarayonida ayrim bilim, ko‘nikma, malakalarini ham shakllantirishdir. Quyida ayni shu xususida mulohaza yuritamiz.
    Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan amaliy ishlar safida innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda innovatsion tarbiya texnologiyalari ham baravar xizmat qilmoqda. Aynan innovatsion tarbiya texnologiyalarining talabalar tarbiyaviy faoliyatga kirishishlarida tutgan o‘rni o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Innovatsion tarbiya texnologiyalari talabalarni tarbiyaviy faoliyat jarayoniga tayyorlashning sifatini oshirishda ham asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lmoqda.
    Jamiyatning rivojlanishi, yangi turmush sharoitlari, qarashlari, madaniyatlari, bilimlari va texnologiyalari, yangi rivojlanish imkoniyatlari hamda o‘zini o‘zi anglash shakllariga ochiqlik jarayonlari bilan bog‘liqligi sababli, bu ta’lim jarayonida yangicha innovatsiyalarni ishlab chiqish va faol foydalanishni taqazo etmoqda. Shu boisdan ham pedagogik amaliyotda innovatsion tarbiya texnologiyalaridan unumli foydalanish o‘qitishning intensivligini, bilimlarni o‘zlashtirish darajasini, umumiy madaniy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish darajasini yanada orttirishga, motivatsiya va qiziqishni yuksaltirishga, ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
    Innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida talaba-yoshlarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda doimiy o‘zgarib turadigan jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega desak bo‘ladi. Chunki uning bir-biri bilan bog‘liq tarkibiy qismlari o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar sifatida namoyon bo‘lib, hamisha mazmun jihatidan boyitib borilish talab etiladi.
    Innovatsion tarbiya texnologiyasi bu — pedagogik metod, usul va vositalarni rejali hamda kutilgan natijalarga erishish yo‘lida imkoniyatlar safini kengaytiradigan, shaxsga va jamoaga aniq ta’sir ko‘rsatadigan jihatlarni ham tanlash uchun tizimdir. Bu tarbiyach-o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bog‘liq amaliy faoliyatni to‘g‘ri shaklda tashkil qilish va boshqarish borasidagi ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lishidir. Innovatsion tarbiya texnologiyalariga murojaat natijasida talabalarning tarbiyaviy faoliyatni tashkil qilish ishlarida uyushqoqlik bilan o‘tkazadigan tadbirlari ham ahamiyatlidir. Bu bilan o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashini, o‘z fikr-mulohazalarini hech qanday qo‘rquvsiz, cho‘chimasdan to‘g‘ri tassavur ila bayon eta olish tushunchalarini shakllantirishda yordam beradi.



    Download 61,57 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 61,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati mundarija

    Download 61,57 Kb.