• Dedajanova Xilola Baxtiyor qizi Namangan muhandislik-texnologiya instituti 1b-22 guruh talabasi Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Strategiya va strategik boshqarish: ilmiy yondashuvlar va xususiyatlar




    Download 395,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana18.05.2024
    Hajmi395,53 Kb.
    #241471
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich (1)




    STRATEGIYA VA STRATEGIK BOSHQARISH: ILMIY YONDASHUVLAR 
    VA XUSUSIYATLAR 
     
    Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
    “Menejment” kafedrasi dotsenti, 
    i.f.n. 
    Dedajanova Xilola Baxtiyor qizi 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 1b-22 guruh talabasi 
     
    Annotatsiya:
    Maqolada bugungi o’zgaruvchan sharoitda strategiyalarni 
    ishlab chiqish mohiyati, strategiya atamasini yoriti
    shga bo’lgan ilmiy 
    yondashuvlar va 
    strategiyaning xususiyatlari yoritib o’tilgan. Shuningdek 
    strategiyalarni shakllantirishdagi ayrim muammolar ko’rsatib o’tilgan. Mavzu 
    doirasida xulosalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 
    tavsiyalar ishlab chiqilgan.
    Kalit so’zlar:
    strategik menejment, strateglar, 
    rahbarlik san’ati, ish 
    yuritishning bosh rejasi, yalpi strategiyalar, “uzoq muddatli chora-tadbirlar” 
    Kirish 
    Global miqyosda kuzatilayotgan inqirozli holatlar qat’iy raqobatdoshlikni 
    shakllantirish muammosini dolzarbligini oshib borishi, tashqi muhitni 
    o’zgaruvchanligi muhitida strategiyalarni ilmiy-uslubiy jihatdan yetarli 
    darajada ishlab chiqilmayotganligini ko’rsatadi. Strategik boshqarish 
    muammosi amaliy nuqtai-nazardan samarali, raqobatbardosh boshqaruv 
    strategiyalarni shakllanmaganligi va rivojlanmaganligidan dalolat beradi. 
    Ushbu masalalarning yechimini topish uchun muammolarni tanqidiy ko’z bilan 
    o’rganish lozimdir. Bu boshqaruvning barcha elementlariga, birinchi navbatda 
    tadbirkorlik s
    ub’ektlarini boshqarishning strategik jihatlariga ta’luqli 
    hisoblanadi. Boshqaruvning bu yo’nalishi “boshqaruvning barcha zanjirining 
    zaif yeri” hisoblanib, boshqa sohalardagi menejerlarni erishgan samarali 
    natijalarini qisman yo’qqa chiqaradi. Bu boshqaruvda samarali strategiyalarni 
    shakllantirishni va rivojlantirishni dolzarbligini ko’rsatadi. Shuningdek, 
    strategik 
    javobgarlikning 
    taqsimlanish 
    tamoyili, 
    kompaniyalarni 
    markazlashtirmaslik 
    va 
    ichki 
    tadbirkorlikni 
    rivojlantirish 
    strategik 
    boshqaruvning ochiq modeli mazmunini tashkil etadi.
    Tadbirkorlikda boshqaruv kontseptsiyasi sifatida boshqaruv strategiyasi 
    korxona va firmalarning umumiy tizim bilan yaxlit holatda deb qarash va 
    o’rganishga yondashadi. Shu o’rinda strategiya - nima uchun ba’zi korxonalar 
    muvaffaqiyatga erishyapti-
    yu, ba’zi birlari inqirozga yuz tutmoqda, nima 
    uchun firmalar bozordagi pozitsiyalari va ulushlarini qayta taqsimlab, doimiy 
    o’zgartirib turmoqda degan savollarni tushuntirib beradi.



    Tadbirkorlik faoliyatida menejment strategiyasini shakllantirish
    – bu 
    raqobatda g’olib bo’lish uchun uzoq muddatli strategiyani shakllantirishga 
    qaratilgan tanlov bo’lib, strategiyani joriy ishlab chiqarish va iqtisodiy rejalarga 
    aylantirish uchun boshqaruv vositalarini samarali qo’llashdagi tadbirkorlik 
    boshqaruvining eng zamonaviy modifikatsiyasidir.
    Shu o’rinda mamlakatimiz, qolaversa viloyatimizda iqtisodiyot 
    tarmoqlarida raqobatlashish, uzoq muddatli strategiyani shakllantirish 
    maqsadida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatini 
    samarali boshqarish bo’yicha qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. 
    Bunda qulay tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va 
    loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o’rganish, investitsiya 
    faoliyatining istiqbol
    li tarmoqlari va yo’nalishlarini aniqlash, tadbirkorlar 
    loyihalarini 
    moliyalashtirishda 
    nobank 
    kredit 
    tashkilotlari 
    faoliyatini 
    rivojlantirish orqali kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishni 
    kengaytirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va Jahon bankining 
    “Ishbilarmonlik 
    darajasi” 
    va 
    Jahon 
    iqtisodiy 
    forumining 
    global 
    raqobatbardoshlik reytinglarida davlat o’rnini ko’tarish va boshqa shu kabi 
    strategiyalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. 

    Download 395,53 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 395,53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategiya va strategik boshqarish: ilmiy yondashuvlar va xususiyatlar

    Download 395,53 Kb.
    Pdf ko'rish