-jadval  “Strategiya” tushunchasini strategik boshqarishga nisbatan




Download 395,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.05.2024
Hajmi395,53 Kb.
#241471
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich (1)

1-jadval 
“Strategiya” tushunchasini strategik boshqarishga nisbatan 
yondashuvlarni shakllanish tavsifi 
Strategiyaning aniqlanishi Muallif 
Asosiy yondashuv 
Strategiya tashkilotning uzoq 
muddatli maqsadlarini, uning 
harakat 
dasturini 
va 
resurslarni 
taqsimlashning 
ustuvor 
yo’nalishlarini 
belgilash usuli sifatida
 
A.Chandler, 
1962 y.
 
Uzoq muddatli maqsadlar 
ishlab 
chiqiladi 
va 
tashkilotning 
operatsion 
muhitining tashqi yoki ichki 
sharoitlari o’zgarmaguncha 
qayta ko’rib chiqilmaydi
 
Strategiya 
tashkilotning 
raqobat 
maqsadlarini 
aniqlash usuli sifatida
 
Garvard 
biznes 
maktabi, 
1965 y.
 
Strategiya 
kompaniyani 
tashkil 
bo’ladigan 
yoki 
davom 
etadigan 
asosiy 
biznes muhitini aniqlaydi
 
Strategiya 
tashqi 
imkoniyatlar va tahdidlarga, 
ichki 
kuchli 
va 
zaif 
tomonlarga 
javob 
berish 
usuli sifatida
 
M.Porter, 
1980-1985 
yy.
 
Strategiyaning 
asosiy 
vazifasi 
– tashkilotlarni har 
qaysi biznes sohasida uzoq 
muddatli 
raqobat 
ustunliklariga ega bo’lishga 



qaratiladi
 
Strategiya korporativ, biznes 
va 
funktsional 
darajalar 
uchun maqsadlarni belgilash 
usuli sifatida
 
I.Ansoff, 
1965 y., 
D.Steyner, 
1977 y., 
P.Loranj, 
1977 y.
 
Strategiyani ishlab chiqishda 
korporativ, 
biznes 
va 
funktsional 
maqsadlarni 
tashkilotdagi 
boshqaruv 
jarayonlariga 
turli 
ta’sir 
ko’rsatish nuqtai nazaridan 
farqlash lozim
 
Strategiya 
boshqaruv 
qarorlarining 
izchil, 
muvofiqlashtirilgan 
va 
integratsiyalashgan tuzilmasi 
sifatida 
G.Mintsberg, 
1987 y. 
Strategiyani ishlab chiqishda 
asosiy 
e’tibor 
strategik 
maqsadlarga 
erishish 
samaradorligini 
nazorat 
qilishga 
xizmat 
qiluvchi 
rejalarni 
shakllantirishga 
qaratiladi 
Strategiya, 
tashkilotning 
iqtisodiy 
va 
noiqtisodiy 
afzalliklarni aniqlash usuli 
sifatida 
Umumiy 
fikrlar 
Strategiya ijtimoiy yo’nalish 
kasb etib, korporativ falsafa 
va tashkiliy madaniyat nuqtai 
nazaridan ko’rib chiqiladi 
Strategiya 
tashkilotning 
asosiy raqobat usutunliklarini 
ishlab chiqish usuli sifatida 
G.Xamel, 
1989 y. 
Raqobatbardoshlikning 
asosini korxonaning maxsus 
qobiliyatlari va ichki resurslar 
tashkil etadi 
Strategiya 
belgilangan 
faoliyat 
ko’rsatkichlariga 
erishish uchun harakatlar va 
yondashuvlar majmui sifatida 
A.Tompson, 
1995 y. 
Strategiya bir vaqtning o’zida 
ham 
faol, 
ham 
adaptiv 
hisoblanadi 
Uzoq vaqt davomida “strategiya” mohiyati “resurslarni boshqarish”ni 
anglatdi. Ko’pincha, strategiya yuqori boshqaruvning tashkilotning uzoq 
muddatli maqsadlariga erishish uchun uzoq muddatli rejalari deb tushunildi. 
Ba’zi mualliflar, “bu biznes rahbarlarining ishlab chiqarish, marketing va 
savdo, daromad va xarajatlar yoki 
kapital qo’yilmalarni uzoq muddatli 
boshqarish maqsadlaridir” deb izohladilar. “Strategiya” tushunchasi biznes 
muhitining murakkabligiga qarab o’zgarib, shakllanib bordi.
Yillar davomida bir qator mualliflarimiz “strategiya” tushunchasining 
ta’rifini shakllantirishga harakat qilganlar: 

“Strategiya-kompaniyaning asosiy uzoq muddatli maqsad va 
vazifalarini belgilash, hamda harakat yo’nalishini rivojlantirish va ushbu 
maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan resurslarni ajratishdir” 
(A.Chandler, 1962); 




“Strategiya uzoq muddatli harakat yo’nalishini ishlab chiqish va 
kompaniya faoliyati ko’lamini aniqlash bilan bog’liq. Strategiyaning vazifasi 
taktik harakat bilan emas, balki umumiy uzoq muddatli istiqbolni qabul qilish 
asosida maksimal barqaror raqobat ustunligini shakllantirishdir” (D.Folkner va 
G.Jonson, 1992); 

“Kompaniyaning strategiyasi - kompaniyaning ichki imkoniyatlari va 
tashqi muhit o
’rtasidagi moslikni topishdir” (J.Key, 1999); 

Maykl Armstrong avalgi yondashuvlarni umumlashtirib, “Strategiya 
kompaniyaning o’zini qanday ko’rishni, qayerga intilayotganini va umuman 
olganda buni qanday amalga oshirish kerakligi haqidagi yondashuv” deb 
hisoblashni taklif qildi (Maykl Armstrong, 2002). 
Strategiya korxona va firmalarning uzoq muddatga mo’ljallangan 
maqsad va vazifalarga erishilgunga qadar korxonani tashqi bozor muhiti bilan 
bog’lash vositasi sifatida ham xizmat qiladi.
Strategiyaga berilgan 
ko’p ta’riflar – korxonalarni bozorda o’z o’rnini 
mustahkamlash, korxonaning 
o’sish va yuqori raqobat qobiliyatini ta’minlash, 
qabul qilingan 
me’yorlar, ko’rsatmalar orqali muayyan vaziyatlarda yashab 
qolish usullari va faoliyat qoidalari majmui sifatida bir-birini 
to’ldirishi mumkin. 
Strategiya so’zi ko’p qirrali bo’lganligi sababli, unga aniq ta’rif berish 
qiyin. Uning mazmunini quyidagi rasm orqali yoritib o’tamiz. 

Download 395,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 395,53 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  “Strategiya” tushunchasini strategik boshqarishga nisbatan

Download 395,53 Kb.
Pdf ko'rish