3
Biznes tashkilotlarini boshqarishga strategik yondashuvdan foydalanish
namunalari XX asrning 20-30-yillarida
kuzatila boshlandi, ammo strategiya
tushunchasi 50-yillarda boshqaruv leksikasiga kirdi,
kompaniya va
firmalarning tashqi bozor muhitida kutilmagan o’zgarishlarga munosabati juda
muhim bo’ldi.
Avvaliga strategiya t
ushunchasining ma’nosi noaniq edi. Turli lug’atlarni
o’rganish ham bu tushunchaning mohiyatini aniq ochib berishga yordam
bermadi, chunki harbiy terminologiyadan so’ng ular strategiyani “jang uchun
qo’shinlarni joylashtirish fani va san’ati” yoki “davlatlarning barcha mavjud
vositalardan
foydalanib, harbiy-siyosiy ittifoqi, mamlakat siyosati yoki
rejalashtirish” deb tushundilar.
Bu tushuncha “uzoq muddatli chora-tadbirlar” yoki “yondashuv”ni bildirib,
umumiy ma’noda ham qo’llanildi. Sekin astalik bilan strategiya so’zi biznesni
boshqarish leksikasiga kirib keldi.
Strategiya (qadimiy
yunoncha
στρατηγα, “qo’mondon san’ati”) - 1)
harakat usuli; 2) uzoq vaqtni o’z ichiga olgan har qanday faoliyatning umumiy,
batafsil rejasi, noaniq va hozirgi vaqtda menejer uchun murakkab maqsadga
erishishning asosiy yo’li, keyinchalik menejer-strategistning mavjudligining
o’zgargan sharoitlariga moslashtirilishi; 3) xulq-atvor modeli ma’nolarini
bildiradi.
Quyidagi jadvalda keltirilgan ta’riflardan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
strategiyasini shakllanishini kuzatishimiz mumkin.