2.2.Talabalar uchun darslarda qo`llaniladigan qulay hamda zamonaviy metod va texnologiyalardan foydalanish, amalda ularni tug`ri qo`llay olish
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi zamonaviy pedagogik texnologiyalarda yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining tashkiliy va metodik jihatlariga muayyan ijobiy o’zgarishlar olib kirmoqdaki, ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq.
Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq.
Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin.
Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.
Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi. An’anaviy darsda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o’quvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda bunday darslar yaxshi samara bermaydi. Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlashni taqozo etadi.
Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi.
Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to’g’ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o’qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o’tishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi doimo o’z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O’qituvchi bir vaqtning o’zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo’lsa, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o’quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo’ladi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil
o’rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi talaba asosiy figuraga aylanadi
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng qo’llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lb, ularga quyidagilar kiradi:
-O’quvch-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
-O’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;
-O’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirishi;
-Pedogok va O’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi. Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy-
tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’lq, ham da o’qitish jarayonida qo’llanlshi zaruru bo’lgan TSO, kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va O’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq deb xisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lm texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida O’quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga , gurug esa ularga baxo bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu
yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir.
Ushbu fikrimizni chizma xolatida quyidagicha ifodalash mumkin:
O’qituvchi
Maqsad
Mazmun
Metod
Shakl
Vosita
O’quvchi-talaba
Natija
Yuqoridagi chizmadan ko’rinib turibdiki, maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq.
O’qituvchi va o’quvchi talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tamonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi –talabalarning bilim saviyasi,guruh xarakteri,sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’ladi, bular o’qituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq.
Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tamonini, joy va sharoitni, TSO ni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda o’quvchi talabani ta’limning markaziga olib chiqishi kerak.
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi zarur. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta axamiyatga egadir. Chunki darsning texnologik xaritasi xar bir mavzu, xar bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan,o’quvchi talabalarning imkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan xolda tuziladi.
Xulosa
Tarbiyachi-o‘qituvchining innovatsion faoliyati davomida har bir o‘quvchi alohida yondashuvni topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga qaratiladi. Tarbiyach-o‘qituvchi tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlar shuning uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buni shunchaki tashkil etib bo‘lmaydi, balki bu jarayonda ma’lum talablar mavjud. Bular: tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va albatta, har bir tadbir jarayoniga puxta tayyorgarlikni ko‘rish lozim bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, o‘quvchilar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarga mohirlik-la rahbarlik qila olish uchun tarbiyachi jamoaning va jamoatchiliklar ziddiyatlarini ham bilishi kerak. Bunday ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga ham uzviy bog‘langan. Haqiqiy mahoratga ega tarbiyachi-o‘qituvchi bundaying ziddiyatlarni bartaraf eta olishida o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan unumli foydalanishni biladi. Har bir o‘quvchida o‘zining ijtimoiy va psixik olam mavjudligini inobatga olsak, uni bilish, o‘rganish tarbiyachi-o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab etadi. Aynan tarbiyaviy faoliyatning mana shu jihatlarini hisobga olib ayta olamizki, talabalarni tarbiyaviy faoliyat jarayoniga kirishishida innovatsion tarbiya texnologiyalarining ahamiyati va uni puxta o‘rganishlari yuqori ahamiyat kasb etadi.
|