|
I.Bob.O‘qituvchi tarbiya jarayonida qo’llaniladigan metodlaridan
|
bet | 2/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 61,57 Kb. | | #230191 |
Bog'liq innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati I.Bob.O‘qituvchi tarbiya jarayonida qo’llaniladigan metodlaridan 1.1.Tarbiya texnologiyalarining mohiyati
Pedagogika innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda doimiy o‘zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi:
Innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra o‘qituvchiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan maqsad - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa-bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimidir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi bilan murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashlarini, o‘z fikr mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi.
Tarbiyachi-o‘qituvchining innovatsion faoliyatida har bir o‘quvchiga alohida yondashuvni topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga karatiladi. Tarbiyachi-o‘qituvchi tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim.
O‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati – bu tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tarbiyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. O‘quvchilar har kuni quvonchli daqiqalarni, katta va kichik ko‘ngilsizliklarni birgalikda boshdan kechiradilar. Ular tarbiyachi o‘qituvchining o‘zlariga nisbatan yaxshi va yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy va psixologik bilim va malakaga ega bo‘lish tarbiyachi-o‘qituvchida uddaburonlikni va sezgirlikni shakllantiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topadi. Chunki o‘quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil topgan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo‘lib, shaxs shakllanishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhimi hisoblanadi.
Bolalar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlarni ham bilishi kerak. Bu ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy mohir tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlarni bartaraf etishda o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o‘rganish o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi.
- har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish;
- jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish;
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish;
- o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish;
- o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish.
Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida yetakchi g‘oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. O‘qituvchining har bir harakati, o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy meyor va qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham ma’naviy tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib borish uchun har bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi:
- tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va insoniylikning birligi;
- talabchanlik va ishonch birligi;
- o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish;
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;
- axloq meyorlariga amal qilish.
O‘z-o‘zini anglash. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy etilgan “Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”._ O‘qituvchining vazifasi va burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil qildirish o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan o‘qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi.
|
| |