151
Shu bilan birga portalda
ilmiy videokonferensiyalar, jahonnig
yetakchi
o‘qituvchi-professorlarinig ma’ruzalarini ham tinglash
imkoniyati yaratib berilgan.
Ochiq resurslar shu qatorda jahonning
yetakchi nashriyotlari,
konsorsiumlari,
kutubxona
saytlarida
ham
qo‘yilgan. Ulardan
foydalanish yo‘llarini bilish orqali ta’lim oluvchilar katta imkoniyatlarga
ega bo‘lishlari mumkin. Bunga misol sifatida SPRINGER nashriyotini
tahlil qilamiz.
SPRINGER
kompaniyasi 1842-yilda tashkil topgan.
SPRINGER
fundamental bilimlar, ya’ni matematika, hujjatshunoslik,
yangi
texnologiyalar, meditsina, ximiya, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlar
hamda ilmiy jurnallar nashr qiluvchi
jahondagi yetakchi yirik
nashriyotdir.
SpringerOpen -
tizimda 2010-yildan boshlab ko‘plab fan sohalari
bo‘yicha 160 ta jurnaldan ochiq foydalanish imkoniyati yaratilgan.
SpringerOpendagi ochiq jurnallarga bo‘lgan talab tez sur`atlarda oshib
ketishi
natijasida, 2012-yildan kitoblardan ham ochiq foydalanish
imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Jurnallar va kitoblar nashr qilinishi bilanoq,
ularning elektron ko‘rinishi SpringerOpenga joylashtiriladi. Jurnal
maqolalari va kitob mualliflarining mualliflik
huquqlari SPRINGER
kompaniyasi tomonidan Creative Commons litsenziyasi asosida
muhofaza qilinadi. 2015-yil SpringerOpen o‘z foydalanuvchilariga 500
ming elektron resursdan foydalanish imkoniyatini yaratib berdi.
14-rasm. SpringerOpen interfeysi.