145
5-rasm. Axborot resurslari bozori statistikasi.
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda
ochiq elektron
resurslar mavjud. Ular ta’lim tizimi va boshqa sohalar rivojida ulkan
ahamiyat kasb etmoqda. Ochiq elektron
resurslar taqdim etuvchi
quyidagi tizimlarni keltirib o‘tamiz:
OPEN
(Open Access Publishing in European Networks) - bu tizim
turli fan sohalari bo‘yicha, ya’ni, sotsiologiya, gumanitar fanlar, iqtisod,
moliya, menejment,
matematika, til, geografiya va boshqa sohalar
bo‘yicha 1600 dan ortiq elektron kitoblarning PDF formatlarini taqdim
etadi. Ma’lumotlarni faqat ingliz tilida olish mumkin.
6-rasm. OPEN sayti interfeysi.
DOAB
(Directory of open access books)
- ochiq foydalanishga
taqdim etilgan to‘liq matnli kitoblar katalogi. Bugungi kunda DOABga
50 dan ortiq nashriyotlar o‘zlarining 1410
dan ziyod kitoblarini
joylashtirganlar. Ma’lumotlar ingliz tilida taqdim etilgan.
146
7-rasm. DOAB sayti interfeysi.
DOAJ
(Directory of Open Access Journals) - bu litsenziyali
jurnallarni ochiq taqdim etuvchi va ularni indekslovchi onlayn platforma
hisoblanadi. DOAJ orqali jahondagi ko‘pgina
ilmiy jurnallardan
foydalanish imkoniyatiga egamiz. DOAJ tarkibiga bugungi kunda 134
mamlakatdan 10000ga yaqin jurnallar va 2 mln.ga yaqin maqolalar
kiritilgan.