163
mualliflarning chop etilgan yoki chop etilgan materialning qismidan
keyingi foydalanish borasidagi huquqiy aspektlar aks etishi lozim.
Shuningdek, vebsaytda bog‘lanish uchun ma’lumotlar, jurnal chop
etiladigan nashriyot yoki tashkilotning yuridik manzillari ko‘rsatilishi
lozim.
2.Vebsaytda jurnalning sonlari arxivi
bo‘lishi, o‘z vaqtida
jurnalning eng so‘nggi chop etilgan sonlarini qo‘shish lozim. Nashr
arxivi yillar bo‘yicha, tomlari va sonlari bo‘yicha joylashtirilishi tavsiya
etiladi. PDF yoki HTML formatda maqolalarning to‘liq matnini ko‘rish
imkoniyati bo‘lishi lozim. To‘liq matndan foydalanish ochiq (open
access) hamda yopiq (pullik) bo‘lishi mumkin.
3.Har bir maqola uchun ingliz tilida to‘liq bibliografik axborot
bo‘lishi, jumladan, maqola nomi, mualliflar ro‘yxati, ish joyi, to‘liq
annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi lozim. Shuningdek, maqoladagi
adabiyotlar ro‘yxatining lotindagi transkripsiyasi agar manba ingliz
tilida bo‘lmasa, tarjima o‘rniga transliteratsiya qo‘llaniladi.