|
M. A. Raxmatullayev, B. I. GaniyevaBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariINTRANET (intranet) -
Internet tarmog‘i mahsulotlari va
texnologiyalaridan foydalanuvchi va korporativ axborot resurslariga o‘z
foydalanuvchilarining
kirishini
ta’minlovchi
taqsimlangan
(ведемоственный) hisoblash tarmog‘i.
AXBOROT RESURSI
- axborot materialini matn, ovozli yoki
tasvir xolidagi ko‘rinishlarining yig‘indisi.
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSI
— moddiy ob’yektda
matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda
identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun
rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. Bu yerda «identifikatsiyalash uchun
rekvizitlar» tushunchasi
muhim o‘rin tutadi, chunki
mazkur
ko‘rsatkichlar asosida hujjatni (identifikatsiyalash) topish mumkin.
Rekvizitlar qat’iy qoidalar va kutubxonachilik standartlari asosida
qo‘yiladi. Bu an’anaviy hamda elektron, virtual kutubxonalardagi
ma’lumotlar qidiruv jarayonini formallashtirishda muhim jihatdir.
ILMIY-TA’LIMIY
AXBOROT
RESURSLARI
–
litsenziyalangan hamda taqrizdan o‘tgan ilmiy-ta’limiy axborotlar
(jurnallar, maqola, kitoblar, multimedia va boshqalar) axborot
resurslardir. Ilmiy-ta’limiy axborot resurslari muhim qiymatga ega
bo‘lgan intellektual manbadir. Odatda har bir hujjat ma’lumotlar bazasi,
jurnallar, tegishli to‘plamlarga kiritilishidan avval yetakchi olimlar,
mutaxassislar
tomonidan
saralashdan
o‘tadi.
Bu
hujjatlar
tizimlashtiriladi, kataloglashtiriladi va ilmiy-ta’limiy axborotlarning
ma’lumot bazalariga joylashtiriladi. Asosiy foydalanuvchilari ilmiy
xodimlar, o‘qituvchilar, magistr va talabalardir.
KATALOG -
kutubxona fondidagi barcha hujjatlar ro‘yxati.
Avtomatlashtirilgan tizimda bibliografik ma’lumotlar bazasini tashkil
qiladi.
|
| |