|
M. A. Raxmatullayev, B. I. GaniyevaBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariJAHON AXBOROT RESURSLARI
»
FANIDAN
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
1-laboratoriya ishi
MAVZU: MASHHUR ELEKTRON ILMIY-TA’LIMIY
RESURSLAR VEB-SAYTLARINING TAHLILI
Laboratoriya ishining maqsadi:
yetakchi mamlakatlardagi
elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni ta’minlovchi mashhur ilmiy va
axborot markazlari veb-saytlarini tahlil qilish.
Laboratoriya ishini tashkil qilish vositalari:
shaxsiy kompyuter,
Internet.
Laboratoriya
ishinining
qisqacha
mazmuni:
ma’ruza
mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan bilimlar asosida talabalar jahon axborot
resuslari veb-saytlarini turli me’zonlar (axborot ko‘lami, interfeys
qulayligi) bo‘yicha tahlil qiladi. Bunday veb-saytlar, asosan ilmiy
izlanuvchilar, o‘qituvchilar va talabalarga ilmiy-axborot xizmatini
ko‘rsatuvchi oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot markazlari va tijorat
tashkilotlariga tegishli. Ularning qidiruv imkoniyatlari, axborotni taqdim
etish va uzatishda xalqaro standartlarga amal qilinganligi ham tadqiq
qilinadi. Shu bilan birga, bunday saytlardan axborot-kutubxona va o‘quv
muassasalarida foydalanish bo‘yicha talabalar o‘zlarining xulosalarini
beradilar.
Ishni bajarish uchun zarur ko‘nikmalar:
ushbu ishni bajarish
uchun
talabalar
Internetdan
foydalanish,
zamonaviy
qidiruv
mexanizmlarini tushunish va axborot resurslarini tahlil qilishni bilishlari
lozim.
Laboratoriya ishining bosqichlari va tuzilmasi:
1. KIRISH
1.1. Axborot manbasining to‘liq va shartli qisqartirilgan nomlari
(sayt, ma’lumotlar bazasi nomi), saytni taqdim etuvchi tashkilot
(kompaniya) haqida qisqacha ma’lumot.
1.2. Axborot manbasining maqsadi va vazifalari haqida qisqacha
ma’lumot
|
| |