|
M. A. Raxmatullayev, B. I. GaniyevaBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariJAHON AXBOROT RESURSLARI
– dunyoning yetakchi
nashriyotlarining axborot resurslaridir. Bu axborot qidiruv tizimiga ega
jamiyat tomonidan tan olingan tizimlashtirilgan va tuzilmalashgan
ilmiy-ta’limiy resurslarning ma’lumot bazalaridir. Jahon axborot
resurslari ro‘yxatiga yuqori impakt faktorli jurnallar, iqtibos keltirilgan
ilmiy monografiyalar, darsliklar, maqolalar kiritilgan.
ERKIN FOYDALANISH
(Open Access) – kitobxonlarga Internet
orqali bepul foydalanish, o‘qish, yuklab olish, nusxa ko‘chirish, tarqatish
va chop etish, qidirish, indekslash, ma’lumot sifatida uzatish yoki qonun
doirasida boshqa maqsadlarda moliyaviy va texnik to‘siqlarsiz muallifga
iqtibos keltirgan holda foydalanish.
«Erkin foydalanish»dagi jurnallar
doimo bepul bo‘lmasligi mumkin. Ular muallif gonorarlari to‘lash
uchun, jurnalni o‘z vazifalarini bajarish uchun qo‘llash maqsadida narx
ham o‘rnatishlari mumkin, lekin rerkin foydalanishda bo‘lib,
kitobxonlar, foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Foydalanish uchun hech
qanday to‘lov talab etilmaydigan jurnallarni ba’zan «gibrid kirish»
jurnallari deb ham ataydilar.
QIDIRISH SHAKLI –
hujjat mazmuni ta’rifi, axborot-qidiruv tili
qoidasi bo‘yicha qilingan, qidiruvni amalga oshirish uchun uning
mazmuni va ko‘rinishining muhim belgilari aks etadigan hujjat.
PORTAL
– 1) Internetdagi boshqa resurslarga murojaatning
boshlang‘ich nuqtasini o‘zida aks ettirgan ko‘p xizmatli sayt [43 (439
b.)].2) ko‘plab turli kichik o‘lchamdagi tematik bo‘limlarni o‘z ichiga
olgan yoki ko‘p bo‘lmagan miqdordagi mustaqil loyihalarni o‘z ichiga
olgan yetarli katta virtual massiv axborotlari.
AMALIY DASTURIY TA’MINOT
(Application software)
–
kompyuter foydalanuvchisi uchun aniq vazifani bajaradigan dastur yoki
tanlov dasturi. Matnlarga ishlov beruvchi va elektron jadvallar bilan
ishlovchi dastur – amaliy dasturiy ta’minot misollari.
|
| |