177
urinish. Plagiat – bu nusxa ko‘chirishning bir turi bo‘lib,
mualliflik
huquqini buzilishi hisoblanadi. O‘z faoliyatida (ilmiy maqola, kitob,
hisobot, ma’ruzalarni yozishda) axborot resurslaridan foydalanish
jarayonida mualliflik huquqlariga qat’iy rioya qilish lozim.
Hujjatni
yaratishda foydalanilgan manbalarga albatta havolalar keltirish lozim.
Plagiarizmni tushunish yangi axborot resurslarini, ayniqsa ilmiy-axborot
resurslarini yaratishda muhim hisoblanadi. Mualliflik huquqlari har bir
mamlakatda mualliflik va turdosh huquqlari to‘risidagi tegishli qonunlar
bilan muhofaza qilinadi.
AXBOROT
ALMASHINUVI
(Data
communications)
–
axborotni alfavit-raqamli simvollardan iborat bo‘lgan elektrik impulslar
ko‘rinishida yetkazib berishni, aks ettiradi. Ma’lumotlarni uzatish audio
va video signallarini uzatishdan farq qiladi.
PROVAYDER
(provider)
– tarmoq, axborot, Internet, elektron
pochta xizmatlari ta’minotchisi.
PROTOKOL TSR/IP
– Internet tarmog‘ida kompyuter tomonidan
foydalaniladigan protokol. TCP (Transmission Control Protocol) –
uzatishlarni nazorat qilish protokoli – protsessorlar
orasidagi aloqani
ta’minlashga javobgar. IP (Internet Protocol) – Internet protokoli –
kompyuterlar orasidagi aloqalarni ta’minlashga javobgar.
PROTOKOL Z39.50
– ma’lumotlarni uzatishda yuqori darajada
ishlaydigan 7 pog‘onalik model
va turli xil dasturlar ishlash,
foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasidan to‘liq qidirish imkonini
beradigan protokol.
INTERNET PROMOUTERI
– Internet
loyiha marketingi bilan
shug‘ullanadigan mutaxassis,
reklama tadbirlari tashkiloti, axborot
mahsulotlari bozorini o‘rganish, katalog resurslari
va qidiruv tizimlari
loyihalarida saytni ro‘yxatdan o‘tkazish, baner almashish tarmog‘ida
qatnashish va h.k.