• Modulli agregatlarning afzalliklariga
  • Mobil energetik vositalar (MEV)
  • 8-Leksiya Mavzu: Zamonaviy traktor va avtomobillarning rivojlanish istiqbollari Reja




    Download 1.99 Mb.
    bet1/9
    Sana31.05.2023
    Hajmi1.99 Mb.
    #68268
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mavzu Zamonaviy traktor va avtomobillarning rivojlani
    O’zbek xonliklari davrida madaniyat, Korxonalarda texnika xavfsizligini ta\'minlash asoslari, analizatori Ta’m bilish, Yonilg’i purkash tizimi, maqola 4

    8-Leksiya

    Mavzu: Zamonaviy traktor va avtomobillarning rivojlanish istiqbollari


    Reja:
    1. Zamonaviy traktor va avtomobillarning rivojlanishi haqida umumiy ma`lumotlar.
    2. .Rivojlangan mamlakatlardagi avtomobillar, traktorlar va ular uchun dvigatellar va ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning asosiy maxsulotlari to‘g‘risida ma’lumotlar.

    Traktorsozlik va avtomobilsozlik sohasi oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biri texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi jarayonlarni to‘la-to‘kis mexanizatsiyalashtirishdan iborat. Traktor va avtomobilning puxta va uzoq vaqt benuqson ishlashini ta’minlash traktorsozlik va avtomobilsozlik oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir.Texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanishi traktor va o‘zi yurar shassilarning qishloq xo‘jalik agregatlari bilan ishlash talablarini ham oshirib bormoqda. Qishloq xo‘jalik agregatlarini modulli qurish mexnizatsiyalashgan ishlar ko‘lamini oshirishga xizmat qiladi.


    Modulli agregatlarning afzalliklariga:
    1.minimal material sarfi,
    2.universallik va nomenklaturaning kamligi,
    3.yuqori manevrchanlik,
    4.foydalanish va ta’mirlashdagi mehnat sarfining pastligi kiradi.
    Bundan tashqari modulli agregatlarni qo‘llash hozirda rivojlanib borayotgan fermerlik xo‘jaliklari uchun ayni muddao deyish mumkin.
    Energetik modullarni komponovkalashda ularni barcha QXMlar bilan tez agregatlanishini, manevrchanligini inobatga olish lozim bo‘ladi. Mobil energetik vositalar (MEV) ning yaratilgan tajriba nusxalari universal chopiq traktori bazasidagi agregatlar bilan solishtirilganda, quyidagi ustunliklarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi:
    1.yuqori manevrchanligi va tannarxinig pastligi, mehnat sarfining 2 marta kamayganligi,
    2.energiya sarfining 1,5-2 martagacha, material sarfining 10-15% gacha qisqarganligi,
    3.yurish qismi bilan tuproq yuzasining kam zichlanishi tufayli ekologik tozalikni oshishi,
    4.0,45-0,7 m li qator oralariga ishlov bera olish qobiliyati, mashina massasining sezilarli darajada kamligi.
    5.Modulli qishloq xo‘jalik agregatlarini yuqori unifikatsiya darajasi bilan yaratish an’anaviy loyihalash usullarini takomillashtirishni talab etmoqda.
    6.Modul – qishloq xo‘jalik agregatining tarkibiga kirib, u joylashuvi va asosiy funksional vazifalarini bajarish nuqtai nazaridan tugallangan qism munosabatini bildiradi.

    Download 1.99 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Leksiya Mavzu: Zamonaviy traktor va avtomobillarning rivojlanish istiqbollari Reja

    Download 1.99 Mb.