171
1-ilova
GLOSSARIY
AVTOMATLASHTIRISH
(automation) – jarayonlarni amalga
oshirish uchun avtomatlashtirish vositalarini tatbiq etish, inson mehnati
unumdorligini oshirish maqsadida bu mehnatning bir qismini EHM
orqali bajariladigan tadbirlar tizimi. Bu ishlar zamonaviy hisoblash
texnikasi va ilmiy usullardan foydalangan holda bajariladi.
MUALLIFLIK HUQUQI –
ijodiy asar muallifining mazkur asarni
boshqalar tomonidan foydalanishini tartibga soluvchi huquqlari
majmuyi. Xalqaro muvofiqlashtirishga erishilgan bo‘lsada, bu huquqlar
turli mamlakatlarda turlicha. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin:
iqtisodiy va ahloqiy huquqlar.
EIFL
- jahonda kutubxona resurslariga murojaatni himoyalaydigan
notijorat tashkilot.
IFLA -
Kutubxona assotsiatsiyalari va tashkilotlari Xalqaro
federatsiyasi - International Federation of Library Associations and
Institutions.
IFLA
veb-saytida
ta’kidlangan:
«Kutubxona
assotsiatsiyalari va tashkilotlari