• Bajaruvchi direktor.
  • Review Strategy dasturi.
  • Rahbarlik boshqarish va moliyalash




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/142
    Sana14.09.2024
    Hajmi3 Mb.
    #271075
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142
    Bog'liq
    1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

    Rahbarlik boshqarish va moliyalash 
    A’zolik.
    Biror-bir davlat konsorsiumining muxtor vakili bo‘lishi 
    uchun bu davlat «o‘tish davri davlati» bo‘lishi kerak. Har bir a’zo-davlat 
    bitta konsorsium yoki agentlik bilan qatnashadi. Har bir davlat 
    konsorsiumi quyidagilarga javobgardir: EIFL tarmog‘i bilan aloqaga; 
    texnik va statistik axborotlarni yig‘ishga; to‘lovlarni bajarilishiga; a’zo-
    kutubxonalar ehtiyojlarini birlashtirish; EIFL-tarmog‘i programmalarini 
    qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish; a’zolarining o‘rganishini ta’minlash. 
    Boshqarish.
    EIFL tarmoq asosiy strategiyani aniqlovchi Bosh 
    Assambleya tomonidan boshqariladi. Bosh Assambleya strategiya va 
    moliyaviy masalalar uchun javobgarlikni tashkiliy maqsad va 
    yo‘nalishlarni, siyosatni, kalendar rejalarni o‘rnatuvchi va umumiy 
    harakat dasturi bilan ta’minlovchi saylangan boshqarmaga yuklaydi.
    Bajaruvchi direktor.
    EIFL tarmoqning bajaruvchi direktori bu 
    tarmoqni yuritish, uni boshqarish va rivojlantirish dastrurlari uchun 
    mas’ul hisoblanuvchi asosiy administrator. U tashkilot tushumlarini 
    boshqarma strategiyasiga mos holda va moliyaviy boshqarish uchun 


    133 
    keng vakolatga ega. Bajaruvchi tarmoq shtatlari va maslahatchilar 
    guruhini boshqaradi.
    Review Strategy dasturi.
    Dastlab EIFL tarmoq uch yillik 
    tarqaluvchi programma sifatida o‘rnatiladi va ikkinchi yilning yakunida 
    programma yutuqlarining darajasini aniqlash hamda uning uzluksiz, 
    uzoq yillar faoliyat ko‘rsatishi baholanadi.
    Tushumlar
    . EIFL tarmoqni o‘z-o‘zini ta’minlovchi tashkilot 
    sifatida shakllantirish uzoq yillik maqsad hisoblanadi. Boshlang‘ich uch 
    yil davomida moliyaviy ko‘mak boshqa imkoniyati yetarli manbalardan 
    va a’zolik to‘lovlardan qo‘shimcha moliyalash bilan birgalikda asosan 
    Soros jamg‘armasidan olinadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi va O‘zbekiston 
    Kutubxonalar Assotsiatsiyasi dunyoda birinchilardan bo‘lib faol harakat 
    qilib, 2001-yil konsorsiumga a’zo bo‘ldi. «Ustoz» jamg‘armasi, 
    YUNESKO, Xalqaro bank, TEMPUS loyihasi, OO‘MTV, TATU va 
    boshqa tashkilotlar ko‘magida konsorsium dasturlari respublikada 
    mashhur bo‘lib, 84 ta Axborot-kutubxona muassasalari uning a’zosiga 
    aylandi. 2010-yildan davlat O‘zbekiston Milliy kutubxonasining talabini 
    qo‘llab-quvvatlab, har yillik registratsiya badallarini to‘lab kelmoqda. 
    2009-yildan e’tiboran O‘zbekistonda har yili dunyoning mashhur 
    Springer, EBSCO Information Services, OUP, ProQuest kabi noshirlik 
    kompaniyalari bilan hamkorlikda «ELEKTRON KUTUBXONA 
    TARMOQLARIDA ILMIY-TA’LIMIY AXBOROTLAR YАRATISН 
    VA ULARDAN FOYDALANISН TEXNOLOGIYАLARI» nomli 
    ilmiy-metodik seminar o‘tkazilib, xalqaro EIFL konsorsiumi Bosh 
    Assambleyasida muhokama etilgan yangi resurslar, texnologiyalar, 
    usullar borasida taqdimotlar o‘tkaziladi.

    Download 3 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish