Bog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari
3.Kaliforniya raqamli kutubxonasi Kaliforniya raqamli kutubxonasi – elektron axborot resurslariga ega
bo‘lishning maxsus maqsadlari uchun Kaliforniya universitetlari
kutubxonalaridan shakllantirilgan konsorsiumdir. Bu «hamkorlikdagi
yoki umumiy kutubxona» deb ataluvchi o‘ziga xos kutubxona. Bu
Kaliforniyaning o‘ntacha universitet shaharchalarining «hamkorlikdagi
yoki umumlashgan kutubxona»si deb ataluvchi kutubxonaning maqsadi
ko‘p miqdordagi foydalanuvchilar uchun katta hajmli elektron axborot
resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hisoblanadi.
Boshqaruv tuzilmasi Kaliforniya universitetiga qattiq biriktirilgan va
universitet kutubxonachisi uning ijrochi direktori hisoblanadi. Bu
keltirilgan model kutubxonalarning yetakchi kutubxona misol uchun
milliy kutubxona atrofida birlashgan namuna bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Bu haqdagi to‘liq ma’lumotni
http://www.cdlib.org web sahifasidan olish mumkin.
4.JISC. JISC – bu Buyuk Britaniyaning Oliy ta’limni
moliyalashtirish bo‘yicha Kengashlarning Birlashgan Axborot sistemasi
qo‘mitasidir. JISC asosan Buyuk Britaniya akademik kutubxonalari
uchun NESLI, Milliy Litsenziya elektron tashabbuslari orqali jurnallarni
olish bilan birga barcha turdagi elektron ma’lumotlar bazasini sotib
olishga qaratilgandir. JISC kam sonli shtatga ega bo‘lib, Buyuk
Britaniya universitetlari xodimlarining ko‘ngilli ravishda yordam
berishlariga asoslangan. Qo‘mita formal tuzilishga ega va JISC Buyuk
Britaniyaning ichki milliy akademik tuzilishiga taalluqlidir. Bu nuqtayi
nazardan u hukumat agentligi, ammo ayrim hollarda akademik
birlashmalarning yordamisiz ham nimalarnidir qilish imkoniyatiga ega.
Bu haqdagi to‘liq ma’lumotni
http: //www.jisc.ac.uk web
sahifasidan olish mumkin.
5.BIBSAM. BIBSAM – Milliy Koordinatsiya va Taraqqiyot uchun
Shved qirolligi kutubxonasi bo‘limi hisoblanadi va hukumat tomonidan
qo‘llab-quvvatlanadigan konsorsiumning eng yaxshi namunasi bo‘ladi.
Konsorsiumga
birlashishga
tayyor
turgan
71
kutubxona
va
litsenziyalashning faol elektron dasturini ham o‘z ichiga oluvchi bir
qator xizmatlarni bajaradigan 10 kishidan iborat BIBSAM shtati
mavjuddir. Muvaffaqiyatlarga hukumat jamg‘armalaridan moliyaviy
qo‘llash bilan milliy tuzilma orqali erishilgan.
129
Bu
haqdagi
to‘liq
ma’lumotlarni
http://www.kb.se/bibsam/english/first.htm sahifasidan olish mumkin.