127
ular muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni tushunib yetish
muhimdir. Quyida keltiriladigan konsorsiumlar muvaffaqiyatli ishlab
turibdi, ammo bir-biriga o‘xshaydiganlari yo‘q. Ularning ayrimlari
tuzilishi bo‘yicha yuqori darajada bo‘lsa, boshqalari esa tashkiliy
jihatdan ancha erkinliklarga ega. Ayrimlari moliyaviy ta’minlangan
bo‘lsa, boshqalari esa iqtisodiy jihatdan ancha noqulay sharoitdadir.
Ayrimlari uzoq yillik tajribaga ega bo‘lsa, boshqalari esa endigina
tashkil topgan. Unda ularning umumiyligi nimada? Ular konsorsiumning
muvaffaqiyatiga ishonadigan kuchli professional shaxslar shtatiga (full
time bo‘lishi shart emas) egadirlar. Bundan tashqari, ular a’zolarining
kuchli qo‘llab-quvvatlashiga va harakatlarining aniq rejasiga egadirlar.
Ularning barchasi kutubxona ishlari bo‘yicha xalqaro kooperatsiyada
ishtirok etadilar va chet mamlakatlar konsorsiumlarining tajribalarini
faol ravishda o‘rganadilar.