125
Konsorsiumning hisob raqami orqali moliyaviy operatsiyalar
amalga oshiriladimi yoki resurslar bilan ta’minlovchi
va xizmat
ko‘rsatuvchi har bir kutubxona bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma
imzolaydimi? Agarda konsorsium hukumat agentligi bo‘lmasa, odatda
tashkilotning hayotiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bir qancha
moliyaviy badallarni talab qiladi. Konsorsiumning
barcha dasturlarini
umumiy qo‘llab turish uchun a’zolik badallari miqdorini qanday
belgilashni konsorsium hal qilmog‘i kerak.
Konsorsium javob berishi kerak bo‘lgan yuqorida sanab o‘tilgan
savollarning murakkablik darajasi konsorsium ta’minlaydigan xizmat
turlariga bog‘liqdir. Misol uchun, konsorsium
faqatgina elektron
resurslarni litsenziyalash bo‘yicha kelishuvlarni olib borish bilan
chegaralansa, u holda bu amalning murakkablik darajasi ancha kam
bo‘ladi. Agarda u yig‘ma katalog yaratish bo‘yicha amallar,
kutubxonalararo almashish dasturi, ta’lim yoki maslahat xizmati, fondlar
tahlili yoki raqamli kutubxonalar yoki fondlarni saqlash dasturlari,
umumiy elektron ma’lumotlar bazasi yaratish, 3-ilovada har xil modellar
misolida keltirilgan.