|
Konsorsium tuzilishini rasmiylashtiringBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariKonsorsium tuzilishini rasmiylashtiring
Konsorsiumning tuzilishini ko‘rsatuvchi strategik, taktik va tezkor
yechimlarni aniqlash eng muhim qadamlardan hisoblanmog‘i zarur.
Bitta mamlakatga moslashtirilib ishlangan ishlanma va rivojlantirilgan
namunalar boshqa mamlakatlarda qo‘llashga mos kelmasligi mumkin.
Milliy tafovutlar nafaqat konsorsiumning u yoki bu ko‘rinishini nima
uchun va qanday tanlash nuqtayi nazaridan, balki qanday faoliyat
ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan ham konsorsiumni ishlab chiqishga kuchli
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konsorsium yaratishda asosiy muammolarini
yechishdagi ketma-ket tizimli yondashuv muhimdir.
Strategik yechimlar:
- Missiya va yuritish. Masalan, konsorsium elektron zaxiralarini sotib
olish («buyimg club»), ta’lim dasturlari bilan ta’minlash, moliyaviy
muammolarini yechish yoki birgalikda ishlatish uchun texnologiyalarini
sotib olish kabilarni amalga oshira oladimi?
- Xomiylik, masalan, konsorsium bugungi hukumat agentligi yoki
hukumat qo‘llab-quvvatlaydigan agentlik, erkin o‘z-o‘zini ta’minlovchi
notijorat tashkilot yoki oddiy tashkilot bo‘ladimi?
- Mablag‘ bilan ta’minlash, masalan, mablag‘ bilan ta’minlash
manbayi davlat tomonidanmi, a’zolik tushumlari yoki pullik
xizmatlardanmi?
Agar a’zolik tushumlari bo‘lsa ularning miqdori qanday
aniqlanadi?
Agarda tashkilot to‘laligiga ko‘pchiliklar tashkiloti bo‘lsa, hech
qanday mablag‘ bilan ta’minlashga ehtiyoj bo‘lmaydi. Masalan,
markazlashtirilgan hukumat dasturlari nashriyotchilar va sotuvchilar
e’tiborini jalb qiluvchi yechimlarga ega bo‘ladi, lekin markazlashtirilgan
byurokratiya esa ko‘pgina tashabbuslarni susaytirishi ham mumkin.
- A’zolik, masalan, konsorsiumga a’zolik kutubxonalarning turi va
o‘lchamiga ko‘ra chegaralangan bo‘ladimi? A’zolikka tushadigan yangi
arizalar yoki konsorsiumdan chiqish uchun arizalarga nisbatan qanday
qarorlar qabul qilinadi? Foydali (bitimlar) kelishuvlar tuzish
imkoniyatlariga ta’sir qilishda konsorsium xarakteri va qiymati
bo‘ladimi?
- Geografik egallab olish, masalan, konsorsium milliy, mintaqaviy
(viloyat, tuman va h.k.) yoki lokal bo‘la oladimi?
|
| |