Bog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari
Hamkorlikdagi umumiy ehtiyojlarni aniqlash va ushbu ehtiyojdan foydalanish shartlarini muhokama qiling. - Guruhdagi har xil a’zolarining talablarini aniqlash mexanizmlari,
muhokama qilish turlarini ishlab chiqing. Masalan, ayrim a’zo-
kutubxonalar ishonchli tarmoqlararo kiruv yoki kompyuter kurilmalari
ko‘rinishidagi telekommunikatsiya infrastrukturalari yaratishda asosiy
talablarga ega bo‘lishi mumkin. Boshqalar esa samarali kutubxonalararo
kelishuvga yoki axborot zaxiralarini litsenziyalash sohalarini qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha maslahatlarga ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Eng
muhimi esa, avvalombor guruh a’zolarinigina qiziqtiruvchi ehtiyojlarini
aniqlashning ishonchli va maqsadli vositalarini ishlab chiqish
hisoblanadi.
- Asosiy ehtiyojlar aniqlangan zahotiyoq, konsorsium orqali bu
ehtiyojlarni qanday bajarish mumkinligi muhokama qilinadi. Masalan,
foydalanuvchilarni dolzarb ilmiy va tibbiyot adabiyotlaridan bahramand
bo‘lishlari uchun guruh quyidagi ko‘rinishlardagi bir yoki bir qancha
strategiyalarni tanlashi mumkin:
a) barcha kutubxonalarni bahramand etish uchun umumiy qiymatini
kutubxonalararo bo‘lishi bilan ko‘p hajmli obunani tashkil qilish;
b) bitta kutubxonani bir qism adabiyotga obuna qilish, qolgan
kutubxonalarni mos ravishda qolgan adabiyotlarga obuna qilib, barcha
konsorsiumga
ishtirokchi
kutubxonalar
foydalanuvchilar
uchun
foydalanishga imkon yaratish;
d) har bir kutubxonani har xil mavzular bo‘yicha kollektiv ravishda
bir qancha adabiyotlarga jamoaviy foydalanish uchun obuna qilish;
122
e)
axborot
zaxiralaridan
foydalanish
imkoniyatlari
va
litsenziyalashning umumiy shartlarida o‘zaro kelishuv bo‘yicha
konsorsium tomonidan markazni amalga oshirish.
Tanlangan yechim konsorsiumning o‘ziga xos talablariga javob
berishi shart.